O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekishirish va o’z-oziii nazorat qilish uchun savollar
- Adabiyotlar
- Tayanch tushunchalar: O’qituvchi shaxsi, kasbiy fazilatlar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya.
Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari:
1. Kasbiy bilim: A) Nazariy bilimlar B) Amaliy bilimlar C) Metodik bilimlar 2. Pedagogik qobiliyat: A) Didaktik qobiliyat B) Akademik qobiliyat C) Perseptiv qobiliyat D) Suggestiv qobiliyat va h.k. Tekishirish va o’z-o'ziii nazorat qilish uchun savollar 1. Pedagogik mahorat nima? 2. Pedagogik mahorat faniniig predmeti nima? 3. Pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifasi nimadan iborat? 4. Pedagogik mahoratning tarkibiy qismlarini sanab bering? Adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997. 3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 1993. 4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996. PEDAGOGIK FIKR TARIXI VA MAKTAB AMALIYOTIDA O’QITUVCHI MAHORATI MASALALARI (4 SOAT) Reja: 1. Sharq mutafakkirlarining asarlarida o'qituvchi-murabbiy haqida. 2. O’qituvchining kasb-mahoratini tarbiyalashning mohiyati to'g’risida chet el olimlarining pedagogik qarashlari. 3. Hozirgi davrda o’qituvchilarniit kasb-mahoratini tarbiyalashning amaliyotdagi ahvoli. Tayanch tushunchalar: O’qituvchi shaxsi, kasbiy fazilatlar, pedagogik mahorat, pedagogik texnologiya. Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko'lamli muammolardan biridir. Xalq ta'limi tizimida hal qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa, o'quvchi bilim darajasi ham baland bo'ladi. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar o'zlarining kasb ko'nikmalari, muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda. O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling