O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Ahmad Donish (1827-1897)matematika, falakiyot, geografiya, tibbiyot, tasviriy 
san'at, tarix va falsafiy bilimlarni mustaqil ravishda egallab, o’z davrining ilg’or bilimli kishisi 
bo’lib etishadi. U o’zining ta'lim-tarbiya, axloq va nafosatga doir fikr-mulohazalarini bir qator 
asarlarida ifodalagan mutafakkirdir. 
Zukko olim kasb tanlash va uning odamlarga, jamiyatga foyda kkeltirishiga e'tibor berish 
kerakligi haqida bildirgan fikrlarida axloqmasalasiga katta e'tibor berganini ko’ramiz. U 
o’qituvchini talablarga kuchli ta'sir etuvchi shaxs deb biladi. Uning ta'kidlashicha, o’qituvchilik 
kasbini tanlaganlarning nopoklik niyatida bo’lishi hoyatla zarurlidir, chunki ular o’zlaridagi 
axloqiy buzuqlikni yosh avlodga tarqatadilar. Demak, Ahmad Donish o’qituvchining axloqiy 
qiyofasiga katta e'tibor beradi. U o’qituvchidan yosh avlod manfaatinibirinchi o’qinga qo’yishni 
talab qiladi. O’qituvchi o’quvchi va talabalarga ko’p bilim berish, o’z bilimini oshirish va 
chuqurlashtirish uchun o’z ustida ko’p ishlashi lozimligini ta'kidlaydi. Bundan ko’rinadiki, 
Ahmad Donish o’qituvchi kasbiga nisbatan jiddiy talab qo’yadi. U go’zal axloqlilik va chuqur 
bilimdonlikni o’qituvchining beqiyos fazilati deb biladi. Zero, u o’qituvchi timsolida odamlar, 
binobarin yoshlar o’rtasida ilm-ziyo sochuvchi ma'rifatparvarni ko’rishni orzu qiladi. 
Mahmudxo’ja Behbudiy (1885-1919) – adabiyot, tarix, siyosatshunoslik
drammaturgiyani chuqur egallagan. U ma'rifat, ilm-fan, badiiy ijod sohasidagi butun faoliyatida 
millatimiz madaniyati, ma'naviyatining ravnaqi uchun kurashib, buyuk siymo sifatida shuhrat 
qozongan holda ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarni bayon etdi. Ustoz ta'lim-
tarbiya haqida fikr bildirar ekan, mustamlakachilik davrida bu ishda muvaffaqiyatga erishishning 
birdan-bir yo’li o’lkada o’zaro ixtiloflarga barham berib, ahillik bilan ilm-fanni rivojlantirish 
kerakligini bayon etadi. Kattalar va muallimlarga murojaat qilib, ularni yoshlarni bilimli 
qilishga, mehnatga jalb etishga da'vat etadi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling