O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Daryolardan suv olish inshootlari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

6.2. Daryolardan suv olish inshootlari 

 

Suv  olish  inshootlari  irrigatsiya,  energetika,  ichimlik  suv 

ta‘minoti  va  xalq  xo’jaligi  boshqa  tarmoqlarining  suvga  bo’lgan 

ehtiyojlarini qondirish maqsadida barpo etiladi.  

Suv  olish  inshootining  o’rni  so’g’oriladigan  yer  maydonining 

joylashuvi,  geologik,  gidrogeologik  va  boshqa  shart-sharoitlar 

hisobga olingan holda tanlanadi. 

Suv  olish  to’g’onli  yoki  to’g’onsiz  bo’lishi  mumkin.  Suv  olish 

usuli  daryoning  gidravlik  va  gidrologik  tavsiflari  asosida  qabul 

qilinadi.  Daryo  o’zani  topografik,  gidrologik  va  geologik  jihatdan 

qulay sharoitlarda o’tsa va daryodagi suv sathi suv oluvchi magistral 

kanalning  jadallashgan  suv  sathidan  10-20  sm  yuqorida  joylashsa 

to’g’onsiz tartibda suv olish mumkin. Aks holda daryo suvini dimlash 

uchun to’g’on quriladi. 

To’g’onli suv olishning ko’plab usullari mavjuddir. Ulardan eng 

ko’p  qo’llaniladiganlari  -  yonboshdan  suv  olish  va  frontal 




 

39 


(ro’paradan)  suv  olishdir.  Suv  olishning  shuningdek  farg’onacha 

usuli ham ma‘lumdir. 

Ma‘lumki, daryo oqimining ustki qatlamlarida cho’kindilar kam, 

oqimning ostki qatlamlarida esa ko’p bo’ladi. Frontal suv olishda suv 

ustki  qatlamlardan  olinadi.  Cho’kindilar  esa  inshoot  ostidagi 

galereya orqali yuvib yuboriladi. 

Daryo  o’zanlarida  (alohida  yoki  gidrouzellar  tarkibida)  suv 

tashlash inshootlari, tindirgichlar va boshqa turdagi inshootlar ham 

quriladi. Suv tashlash inshootlari to’suvchi to’g’on tanasi ichida yoki 

qirg’oqda (to’g’on tanasidan chetda) joylashishi mumkin. 

Suv  olish  inshootlarining  ko’plab  usullari  va  sxemalari  mavjud 

Ular  haqidagi  ma‘lumotlar  «Gidrotexnika  inshootlari»  fanida 

o’rganiladi.  

Yirik inshootlar asosan individual loyiha bo’yicha quriladi. Lekin 

ularning  tarkibiy  qismlarini  barpo  etishda  unifikatsiyalashgan, 

namunaviy konstruktsiyalarni ko’proq qo’llashga ham e‘tibor berish 

lozim.  

Yirik  inshootlarni  loyihalashda  kompozitsion  markazni  tanlash 

hamda  boshqa  inshootlar  yoki  landshaft  va  rel‘efni  shu  markazga 

muvofiqlashtirish  juda  muhimdir.  Gidrouzellarda  bunday    markaz 

vazifasini to’suvchi to’g’on bajarishi mumkin.  

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling