O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

12.3. Ishlarni olib borish loyihasini 

 ishlab chiqish 

 

Respublikamizda  gidrotexnika  ob‘ektlarini    loyihalash  ishlarini 

loyiha - qidiruv  va ilmiy tadqiqot institutlari (O’zdavmeliosuvloyiha, 

Suv loyiha birlashmasi va h.) amalga oshiradi. 

 Gidrotexnika ob‘ektlari qurilishi oldindan ishlab chiqilgan ishni 

tashkil qilish loyihasi (ITKL) va ishni olib borish loyihalari (IOBL) 

asosida  amalga  oshiriladi.  Har  bir  qurilish    ob‘ekti  loyihasiga  bosh 



muhandis  tayinlanadi  va  u  loyihalashning  butun  davri  davomida 

loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladi va unga texnik 

rahbarlik  qilishni  amalga  oshiradi,  loyihaning  sifatiga  va  qurilish 



 

70 


smeta qiymatining to’g’ri aniqlanganligiga javob beradi. Loyihaning 

har bir bo’limiga  bosh muhandis o’rinbosarlari tayinlandi. 

 Loyihalashning  har  bir  bosqichida  ma‘lum  bir  masalalar  hal 

etiladi. 

ITKL    asosan  sug’orish  tizimlari  va  gidrotexnik  inshootlar 

kompleksi uchun ishlab chiqiladi. 

 IOBL ITKL ga  asosan ishlab chiqilib, uning tarkibiga quyidagilar 

kiradi: tizim yoki inshootlar kompleksi qurilishining  kalendar rejasi 

(to’rsimon  yoki  chiziqli  kalendar  grafik);  ITKLda  ko’zda  tutilgan 

tayyorgarlik  ishlari  hajmi  va  bajarilish    grafigi;  qurilish 

maydonchasiga asosiy materiallar, yarim fabrikat, konstruktsiyalarni 

tashib keltirish grafigi; ishchi kuchlari, asosiy qurilish mashinalari va 

mexanizmlari,  tashish  vositalariga  bo’lgan  talabning  yig’ma  grafigi; 

doimiy  va  vaqtinchalik  tashish  yo’llari,  elektr  ta‘minoti  sxemalari, 

kranlarni joylashtirish va boshqalar ko’rsatilgan alohida inshoot yoki 

kompleksning  qurilish  bosh  rejasi;  murakkab  ishlarni  bajarish 

texnologik xaritasi; xavfsizlik texnikasi tadbirlari; jarayonlar bo’yicha 

ish sifatini nazorat qilish sxemalari. 

IOBLni  loyihalash  tashkiloti,  bosh  pudratchining  texnik  xizmat 

bo’limi  yoki  bosh  pudratchi  tomonidan  jalb  etilgan  boshqa 

loyihalash tashkiloti amaldagi me‘yoriy hujjatlar asosida tuzadi.  

Belgilangan tartibda tasdiqlangan IOBL qurilish boshlanishidan 

2 oy oldin qurilish tashkilotiga yetkaziladi. 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling