buraluvchi kurakli bo’lishi mumkin Parrakli turbinalarda parraklar
ishchi g’ildirak korpusiga harakatlanmaydigan qilib biriktiriladi.
Buraluvchi kurakli turbinalarda kuraklarning korpus va oqimga
nisbatan holati ma‘lum burchaklar ostida uzgartirilishi mumkin.
Buraluvchi qo’sh kurakli turbinalarda maxsus moslama bir
vaqtning o’zida ikkita kurakni harakatga keltiradi. Gorizontal
holatda ishlaydigan kapsulali turbinalar ham buraluvchi kurakli
konstruktsiyada ishlab chiqariladi.
Turbina turini GESning naporiga qarab tanlaydilar. Past
naporlarda (napor 90 m dan kam bo’lganda) buraluvchi kurakli o’qiy
turbinalarni, ancha kichik naporlarda (napor 20 m dan kam
bo’lganda) kapsulali turbinalarni, napor 50 m dan 650 m gacha
bo’lgan holatlarda radial-o’qiy turbinalarni ko’llash maqsadga
muvofiqdir. Naporning 70 m dan 150 m gacha bo’lgan oralig’ida
shuningdek diagonal turbinalardan ham foydalanish mumkin. 350 m
va undan katta naporlarda kovshli aktiv turbinalar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |