O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv oqimining quvvati
1
2 3 4 5 6 7 Yu.B P.B GES binosi 8
9.1-rasm. GES ning tuzilishi: 1-suv qabul qiluvchi; 2-zatvor; 3-suv haydash quvuri; 4-turbina g’ildiragi; 5-generator; 6-so’rib chiqarish quvuri, 7-avariya-ta‘mirlash zatvori, 8-spiral kamera
Fizikadan ma‘lumki, quvvat deganda vaqt birligida bajariladigan ish bajarish qobiliyati tushuniladi. Suv oqimining og’irlik kuchi mg=
V ga teng. Suv oqimining quvvati: N 0 = QH t VН , kVt;
54
bu ifodada - suvning solishtirma og’irligi = 10 kN/m 3 , V – suv oqimining hajmi, Q – suv sarfi, H – turbinaning ishchi napori. Gidroagregatning generatordan chiqishdagi elektrik quvvati:
N
= г т N 0 , kVt; bu yerda т - turbinaning foydali ish koeffitsienti, г - genera- torning foydali ish koeffitsienti.
9.2. Gidroturbinalar haqida umumiy ma‘lumotlar
Suv oqimining ishchi g’ildirakga ko’rsatadigan ta‘siri bo’yicha gidroturbinalar aktiv va reaktiv sinflarga bo’linadi. Aktiv turbinalarda ishchi g’ildirak oqimga ko’milmay ishlaydi, reaktiv turbinalarda esa g’ildirak oqim ichida joylashadi. Aktiv turbinalarda konusli naycha-soplodan katta tezlikda otilib chiqadigan oqim g’ildirak kurakchalariga kelib uriladi va ularni harakatga keltiradi (9.2-rasm). Kuraklar odatda kovsh shaklida yasaladi. Soplolar soni bitta, ikkita, to’rtta yoki oltita bo’lishi mumkin.
9.2-rasm. Aktiv (kovshli) turbina va uning qismlari: a – ishchi g’ildirak; b – turbinaning ish sxemasi; 1 – kovsh; 2 – soplo; 3 – oqimni rostlovchi; 4 – ko’taruvchi kanal; 5 - g’ilof
55
Suv oqimining ishchi g’ildirakga kirish va undan chiqishdagi yo’nalishi bo’yicha reaktiv turbinalar o’qiy, radial-o’qiy va diagonal tizimli turlarga bo’linadi (9.3-rasm). O’qiy turbinalarda keluvchi va ketuvchi oqim g’ildirak o’qiga parallel bo’lgan tsilindrik sirtlar bo’yicha harakatlanadi. Radial-o’qiy turbinalarda oqim ishchi g’ildirakga uning o’qiga tik (radial) sirtlar bo’yicha keltiriladi, chiqishda esa turbina o’qiga parallel holda harakatlanadi. Diagonal turbinalarda oqimning ishchi g’ildirakga kelishi va undan chiqishi ma‘lum burchak ostida sodir bo’ladi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling