O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. GIDROENЕRGЕTIKA HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOTLAR
- Turbina
2
5 6 7 8 9 10 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 1
8.4-rasm. Nasos stantsiyasi binosining suv manbai qirg’og’ida joylashuv sxemalari
Amaliyotda nasos stantsiyalari joylashuvining boshqa turdagi sxemalaridan ham foydalaniladi. Nasos stantsiyalari haqidagi bilimlar, tushunchalar «Nasoslar va nasos stantsiyalari» fanida batafsil o’rganiladi.
9. GIDROENЕRGЕTIKA HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOTLAR
haqida boshlang’ich ma‘lumotlar 52
Suvning gidravlik(mexanik) energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi qurilmalar va
jihozlar majmuiga gidroelektrostantsiya (GES) deyiladi. Elektrik quvvati bo’yicha ular katta o’rta va kichik GES lar guruhiga bo’linadi. Kichik GES larning o’z navbatida quyidagi turlari bir-biridan farqlanadi: 1. Mikro GES (quvvati 0,1 MVt gacha); 2. Mini GES (quvvati 0,1-0,2 MVt oralig’ida; 3. Kichik GES (quvvati 0,2 MVt dan 10 MVt gacha). GES larning quvvat va napor ko’rsatkichlari bo’yicha turlari ularni o’rganishga doir fanlarda batafsil ko’rib chiqiladi.
Suvning gidravlik(mexanik) energiyasi, ma‘lumki, potentsial va kinetik tashkil
etuvchilardan iboratdir. Gidravlika va
gidroenergetikada solishtirma energiya deb ataluvchi tushunchadan foydalanadilar. Suv to’la energiyasining og’irlik kuchi mg ga nisbati solishtirma energiya (napor)ni tavsiflaydi. GES faoliyat ko’rsatishi uchun suvning kerakli miqdordagi gidravlik energiyasini hosil qilish lozim. Buning uchun birmuncha tekis rel‘efli joylardagi daryolarda quriladigan GES lar sharoitida suv oqimi maxsus to’g’onlar yordamida to’silib, zarur napor hosil qilinadi. Napor va tabiiy sharoitlarga qarab GES binosi bevosita tug’on tarkibida (o’zan stantsiyasi), tug’ondagi napor frontidan keyin va derivatsiyadan keyin joylashuvi mumkin. 9.1-rasmda GES tuzilish sxemalaridan biri ko’rsatilgan.
energiyasiga aylantiruvi gidravlik mashina) va generator har qanday GES ning eng asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Turbina va generator birgalikda gidroagregat deb ataladi. Bundan tashqari GESlar tarkibida suv qabul qiluvchi qism, suv haydovchi quvur, suvni turbina bo’yicha taqsimlab beruvchi spiral kamera, so’rib chiqarish quvuri, turbinaga kirishdagi suv sarfini va yo’nalishini rostlovchi yo’naltiruvchi apparatlar, zatvorlar va boshqa bir qancha qurilma va jihozlar mavjud bo’ladi.
53
GES ning quvvati eng avvalo yuqori va pastki b‘eflardagi suv sathlari farqi (statik napor) va turbina orqali o’tkaziladigan suv sarfi Q ga bog’liqdir. 9.1-rasmga ko’ra statik (geometrik) napor:
Н 0 =
Yu.B –
P.B .
Turbinaning ishchi napori (Н) statik naporga, napor yo’qotilishi va GES ning kirish hamda chiqish qismlaridagi oqim tezliklariga bog’liq bo’lib, uni aniqlash usullari GES larni o’rganuvchi fanlarda ko’rib chiqiladi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling