Suv chiqarish inshootining asosiy vazifasi bosim quvuridan
chiqayotgan oqimni yuqori b‘efga uzatishda minimal napor
yo’qotilishiga erishishni ta‘minlash hamda nasos agregati ishdan
to’xtaganda bosim havzasidagi suvning orqaga (nasoslar tarafga)
keskin qaytib ketishini oldini olishdir.
Bosim havzasi suv chiqarish inshootini suv olib ketish o’zani
bilan bog’laydi.
8.5. Nasos stantsiyalarining joylashuv sxemalari
NS ning joylashuv sxemalari qurilish hududining geologik,
gidrogeologik, gidrologik va topografik sharoitlari, texnik-iqtisodiy
yechimlar va boshqa omillarga bog’liq holda turlicha bo’lishi
mumkin.
Derivatsion joylashuv sxemasining umumiy tuzilishi 8.3-rasmda
keltirilgan. Bu sxema o’tkazish yo’lining tekis rel`yefi sharoitlarida NS
binosini iloji boricha sug’orish maydoniga yaqin joyga qurish
maqsadida, (bosim quvurlari uzunligini kamaytirish uchun) qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |