48
2. O’rta NS ( Q = 11 – 50 m
3
/s )
3. Yirik NS ( Q = 51 – 100 m
3
/s )
4. Noyob NS ( Q > 100 m
3
/s )
Napor «Н» bo’yicha:
1. Past naporli – Н < 20 m
2. O’rta naporli – Н = 21 – 60 m
3. Yuqori naporli - Н > 60 m.
Nasos stantsiyasi tarkibiga umumiy holda quyidagi inshootlar
va asosiy qurilmalar kirishi mumkin: suv olish inshooti, suv uzatish
inshooti, avankamera, suv qabul qilish inshooti, so’rish quvurlari,
nasos stantsiyasi binosi, bosimli quvurlar, suv chiqarish inshooti,
bosim havzasi, suv olib ketish kanali.
Nasos stantsiyasining asosiy jihozi – nasoslar elekt yoki ichki
yonuv dvigatellari yordamida ishlatilishi mumkin. Hozirgi paytda
asosan elektr dvigatelli markazdan qochma va o’qiy nasoslar
ko’proq ishlatiladi.
Nasos stantsiyalari suv sarfi va sifatini nazorat qiluvchi
gidrotexnik qurilmalar bilan ham ta‘minlanadi. Ularga zatvorlar,
oqiziqlarni ushlab qoluvchi panjaralar, to’rlar va boshqalar kiradi.
O’rta, yirik va noyob zamonaviy nasos stantsiyalarida avtomatika
elementlari ham mavjud bo’ladi.
Nasos stantsiyasi binosining planda joylashuviga ko’ra NS suv
o’zani qirg’og’ida yoki derivatsion kanalga bog’langan holda
o’zandan uzoqda barpo etiladigan turlarga bo’linadi.
Balandlik ko’rsatkichlari bo’yicha NS yer ustida, yer ostida yoki
yerga yarim kirgan holda joylashuvi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: