O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Nasos stantsiyalari haqida umumiy ma‘lumotlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

8.3. Nasos stantsiyalari haqida umumiy ma‘lumotlar 

 

Nasoslar  yordamida  suv  iste‘molchisi  yoki  foydalanuvchilariga 



suv  yetkazib  berishni  ta‘minlaydigan  gidrotexnika  inshootlari  va 

jihozlari  majmuiga  nasos  stantsiyasi  (NS)  deyiladi.  Qo’llanilishi 

bo’yicha ular statsionar (qo’zg’almas) yoki ko’chma bo’lishi mumkin. 

Suv  haydash  qobiliyati  (Q)  va  napori  (Н)  bo’yicha  ular  quyidagi 

guruhlarga bo’linadi:  

     Suv sarfi «Q»  bo’yicha:  

1. Kichik nasos stantsiyalari ( Q < 10 m

3

/s ) 



 

48 


2. O’rta NS ( Q = 11 – 50 m

3

/s ) 



3. Yirik NS ( Q = 51 – 100 m

3

/s ) 



4. Noyob NS ( Q > 100 m

3

/s ) 



     Napor «Н» bo’yicha: 

1. Past naporli –  Н < 20 m 

2. O’rta naporli – Н = 21 – 60 m 

3. Yuqori naporli  - Н > 60 m. 

Nasos  stantsiyasi  tarkibiga  umumiy  holda  quyidagi  inshootlar 

va  asosiy  qurilmalar  kirishi  mumkin:  suv  olish  inshooti,  suv  uzatish 

inshooti,  avankamera,  suv  qabul  qilish  inshooti,  so’rish  quvurlari, 

nasos  stantsiyasi  binosi,  bosimli  quvurlar,  suv  chiqarish  inshooti, 

bosim havzasi, suv olib ketish kanali.  

Nasos  stantsiyasining  asosiy  jihozi  –  nasoslar  elekt  yoki  ichki 

yonuv  dvigatellari  yordamida  ishlatilishi  mumkin.  Hozirgi  paytda 

asosan  elektr  dvigatelli  markazdan  qochma  va  o’qiy  nasoslar 

ko’proq ishlatiladi. 

Nasos  stantsiyalari  suv  sarfi  va  sifatini  nazorat  qiluvchi 

gidrotexnik  qurilmalar  bilan  ham  ta‘minlanadi.  Ularga  zatvorlar, 

oqiziqlarni  ushlab  qoluvchi  panjaralar,  to’rlar  va  boshqalar  kiradi. 

O’rta,  yirik  va  noyob  zamonaviy  nasos  stantsiyalarida  avtomatika 

elementlari ham mavjud bo’ladi. 

Nasos stantsiyasi binosining planda joylashuviga ko’ra NS suv 

o’zani  qirg’og’ida  yoki  derivatsion  kanalga  bog’langan  holda 

o’zandan uzoqda barpo etiladigan turlarga bo’linadi. 

Balandlik ko’rsatkichlari bo’yicha NS yer ustida, yer ostida yoki 

yerga yarim kirgan holda joylashuvi mumkin. 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling