49
Suv uzatish inshooti ochiq kanal yoki yopiq quvur ko’rinishida
bo’lishi mumkin. Bu inshoot derivatsion sxema bo’yicha ishlaydigan
stantsiyalar tarkibida quriladi. Suv uzatish inshootining o’lchamlari
gidravlik hisoblar asosida tayinlanadi.
Avankamera suv uzatish inshootini suv qabul qilish inshooti
bilan bog’lovchi qismdir. Suv qabul qilish inshooti odatda suv
uzatish inshootidan kengroq va chuqurroq bo’ladi. Shu sababli,
avankamera kesimi suv qabul qilish inshooti tarfga qarab kengayib
va chuqurlashib boradi. Suv qabul qilish inshootida nasoslarning
me‘yorlar darajasida so’rish imkoniyatlari ta‘minlanadi. Suv
nasoslarga so’rish quvurlari yordamida uzatiladi. So’rish
quvurlarining kallagi teskari klapanli to’r bilan ta‘minlangan bo’lishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: