69
Ijrochilar (ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi va yordamchi xodimlar,
injener –texnik xodimlar) mehnatini tashkil qilish quyidagi
masalalarni hal etishni taqoza etadi: amaldagi qoidalar va
qonunlarga asosan ishga qabul qilish; barcha toifadagi ishchi –
xizmatchilarni o’qitish, malakasini oshirish, zveno, brigada,
bo’limlarni tuzish; mehnatni ilmiy tashkil qilish talablariga mos
keluvchi ishchi o’rinlarini tashkil qilishni ta‘minlash va xizmat
ko’rsatish; ishlarni me‘yorlash; topshiriq berish va ishlarni qabul
qilish; rag’batlantirish va taqdirlash; mehnatni muhofaza qilish;
mehnatga haq to’lash.
Ishlarni tashkil qilish tadbirlariga quyidagilar kiradi: ishni texnik
xujjatlar va texnik qo’llanmalar bilan ta‘minlash, ishlarni bajarish
texnologiyasini ishlab chiqish, o’zlashtirish, joriy etish va
takomillashtirish; ishlarni barcha zaruriy resurslar (materiallar,
qurilmalar, mashinalar, energiya, suv va b.) bilan ta‘minlash; ishlarni
kompleks mexanizatsiyalash va uni uzluksiz usulda olib borish;
ishlarni loyihaga mos ravishda, yagona va soha me‘yorlari
talablariga amal qilgan holda bajarish; ish sifatini nazorat qilish va
ishni qabul qilish; joylarda ish va ishchilarga xizmat ko’rsatish;
ishlarni xavfsiz usullarda olib borishni ta‘minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: