Shifokor- pedagogik kuzatuvida quyidagi masalalar sport
vrachi tomonidan aniqlanadi:
1. Mashg`ulot o`tkazilayotgan joy (bino yoki ochiq sport
inshoati) ning gigiyena talablariga mos yoki mos emasligi aniq-
lanadi.
2. Mashg`ulot o`tkazilayotgan sinf o`quvchilarining sog`liq
guruhlariga bo`linganligi, asosiy va tayyorlov sog`liq guruhlari
o`quvchilariga berilayotgan mashq turlari va hajmining farqlari
aniqlanadi, baholanadi.
3. Mashq bajarayotgan o`quvchi - talabalarning ayrimlarida
o`ta charchash, zo`riqish belgilari yuzaga kelsa, berilgan mashqning
turi va hajmi uning sog`lig`iga mos emasligi sport vrachi tomonidan
aniqlanadi, baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |