Reabilitatsiyaning psixologik omillari.
Bunda sportchi ruhiyatini ko`tarishga asosiy e`tibor qaratila-
di. Uning to`liq sog`lomlashuviga, sportga qaytishiga, yutuqlarga
erishishi mumkinligiga ishontiriladi.
To`g`ri kun tartibi, to`g`ri ovqatlanish, faol dam olish, treni-
rovka mashg`ulotlari hajmini asta-sekinlik bilan oshirilishiga asosiy
e`tibor qaratiladi.
Ayniqsa, uyquning yetarli, tinch va osoyishta bo`lishini
ta`minlash lozim. Buning uchun sportchi atrofidagi, ya`ni oilasi va
jamoadagi psixologik muhitni yaxshilash zarur bo`ladi.
Reabilitatsiyasining tibbiy omillari.
Bunda ikki guruh tadbirlar o`tkaziladi:
- birinchidan, sportchi organizmining umumiy kuch-quvvatini
oshirish, tashqi muhitning turli xil ta`sirlariga nisbatan organizmni
himoya va qarshilik kuchini oshirish, plastik va energetik imko-
niyatlarini mustahkamlashga asosiy e`tibor qaratiladi;
- ikkinchidan, sportchi o`tkazgan kasallik (zo`riqish) yoki
shikastlanish natijasida zararlangan to`qima-a`zolar funksiyasini
tiklashga qaratilgan maxsus davolash tadbirlari qo`llanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |