O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

DAVOLASH JISMONIY MADANIYATI  

 

Davolash jismoniy mashqlarining qo`llanish tarixi.  

Davolash  mashqlari  fani  mustaqil  tibbiy  fan  bo`lib,  odam 

organizmining  funksional  imkoniyatlarini  jismoniy  mashqlar 

yordamida  yaxshilash,  kasallik  va  shikastlanishlarni  davolash 

maqsadida qo`llanadi. 

Davolash mashqlari fani bo`lajak jismoniy tarbiya o`qituvchi-

lari  va  sport  trenerlariga  kasallik  va  shikastlanishlarni  jismoniy 

mashqlar yordamida davolash bo`yicha bilim beradi. 

Shuningdek, mazkur fan maktab va bilim yurtlarining maxsus 

sog`liq  guruhiga  kiritilgan  sog`lig`i  zaif  o`quvchi-talabalar  bilan 

davolash mashqlari o`tkazish yordamida, ularning sog`lig`ini tiklash 

bo`yicha  bo`lg`usi  jismoniy  tarbiya  o`qituvchilarini  zarur  bilimlar 

bilan qurollantiradi. 

Jismoniy mashqlarni kasallangan va shikastlanganlarni davo-

lash maqsadida qo`llash qadim zamonlardan boshlangan.  

Qadimiy Yunoniston (Gretsiya) da eramizdan 500 yil muqad-

dam  yashagan    jismoniy  tarbiya  o`qituvchilari  Ikkus  va  Giradikus 

o`quvchilarga  gimnastika  bo`yicha  saboq  berish  bilan  birgalikda, 

bemorlarni  jismoniy  mashg`ulotlar  (yurish,  yugurish,  gimnastika) 

yordamida  davolanganlar.  Bu  bilan  ular  davolash  mashqlari  faniga 

asos solganlar. 

O`rta asrda yashab ijod qilgan yurtdoshimiz, jahonga tanilgan 

olim  Abu  Ali  ibn  Sino  (980-1037  yillar)  “Tib  qonunlari”  kitobida 

turli  kasalliklarni  davolashda  jismoniy  mashqlarni  keng  qo`llashni 

tavsiya qilgan. U shunday yozgan: “Jismoniy mashqlar bilan munta-

zam  shug`ullangan,  ovqatlanish  va  uxlash  tartib-qoidalariga  amal 

qilgan odam, hech qachon  davolanishga muhtoj bo`lmaydi, u doim 

sog`lom bo`ladi.” 

1918  yilda  tashkil  etilgan  Toshkent  Davlat  universiteti 

(hozirgi  Milliy  universitet)  da  Haydar  Shavqi  ismli  tibbiyot  olimi 

“Gigiyena va gimnastika” fanlaridan talabalarga dars bergan. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling