O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Moskva  Jismoniy  tarbiya  instituti  sinamasi


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

Moskva  Jismoniy  tarbiya  instituti  sinamasi.  Bu  sinama 

o`quvchilar  va  talabalarning  sog`liq  guruhini  aniqlashda,  ularni 

jismoniy tarbiya darsi va musobaqalarga qatnashishiga  ruxsat etish 

uchun o`tkazilib, quyidagi usulda bajariladi: 

1.Tekshiriluvchining tinch o`tirgan holatida tomir urishi soni 

va  arterial  qon  bosimi  aniqlanadi  (jadvalga  yoziladi).  Sog`lom 

odamda  tinch  holatda  1  daqiqada  tomir  urishi  o`rtacha  70  marta, 

maksimal  arterial  qon  bosimi  110-130  mm,  minimal  arterial  qon 

bosimi 65-80 mm simob ustuniga teng bo`ladi.          

2.  So`ngra  u  tik  turib,  ikki  qo`lini  beliga  qo`yib,  30  soniya 

davomida 60 marta yerdan 3-5 sm balandga sakraydi.  

3.  Sinama to`xtashi balanoq tomir urishi soni va arterial qon 

bosimi  aniqlanadi  (jadvalga  yoziladi).  Sog`lom  va  jismoniy  mash-

g`ulot  bilan  shug`ullanuvchi  o`quvchi  talabada  quyidagi  ko`rsat-

gichlar aniqlanishi mumkin: 

-  tomir  urishi  1  daqiqada  tinch  holatda  70  marta  bo`lgan 

bo`lsa, sinamadan keyin 100-130 martagacha tezlashadi

-  maksimal  arterial  qon  bosim  tinch  holatda  110-130  mm 

simob ustuniga teng bo`lgan bo`lsa, sinamadan keyin  130-160  mm 

simob ustunigacha ko`tarilishi mumkin; 

 - minimal arterial qon bosim tinch holatda 65-80 mm simob 

ustuniga  teng  bo`lgan  bo`lsa,  sinamadan  keyin  50-30  mm  gacha 

tushishi mumkin;                     

-  sog`lom  o`quvchi-talabada  tomir  urishi  va  arterial  qon 

bosimining  yuqoridagi  o`zgarishlari  3-5  daqiqa  dam  olgandan 

so`ng, tinch vaziyatdagi holatga qaytishi kerak.  

Chiniqqan  sportchida  yuqoridagi  o`zgarishlar,  sport  bilan 

shug`ullanmaydigan  sog`lom  o`quvchi-talabaga  nisbatan  kamroq 

bo`ladi va normaga qaytish muddati qisqa bo`ladi (1,5-2 daqiqa). 

Jismoniy zaif, charchagan, zo`riqqan o`quvchi-talabada, yoki 

boshqa  kuchsiz  odamda,  tomir  urishi  yuqorida  aytilgandan  ham 

ko`proq tezlashadi, maksimal arterial qon bosimi ko`tarilishi o`rniga 

pasayadi, yoki juda kam ko`tariladi, minimal arterial qon bosimi esa 

“0” ga tushadi, yoki  aksincha ko`tariladi. 

Yuqoridagi o`zgarishlar 3-5 daqiqa dam olgandan keyin tinch 

holatdagiga  qaytmaydi,  ya`ni  tiklanish  vaqti  10-20  daqiqagacha, 

ba`zida bundan  ham ko`pga uzayadi.  

30 


87 


  

yuradigan  kichik  (portativ)  turlari  sport  musobaqalarida  faoliyat 

ko`rsatadigan shifokorlarning har birida bo`lishi maqsadga muvofiq. 

Ayniqsa,  musobaqa  jarayonida  shikastlanish  ko`p  sodir  bo`ladigan 

futbol,  hokkey,  regbi,  boks,  kurash,  sport  gimnastikasi  va  boshqa 

sport turlarida “Volna-2” apparatini qo`llash zaruriyati ko`p bo`ladi. 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling