4. Daromadlar tengsizligini qisqartirish dasturlarini amalga oshirish. Bularga
xususan ijtimoiy sug’urtani rivojlantirish, ishsizlik bo’yicha nafaqalar, ijtimoiy ta’minot,
bepul tibbiy yordam, davlat dasturi, oziq-ovqat mahsulotlariga dotatsiyalar, davlat uy-joy
qurilishi kiradi.
5. Milliy mudofaa, davlat xavfsizligini ta’minlash xarajatlari hajmining o’sishi.
Hozirgi davrda mamlakatimizdagi davlatning soliq siyosatini O’zbekiston Respublikasi
Davlat soliq qo’mitasi va uning joylardagi (viloyat, shahar, tuman) muassasalari amalga
oshiradi.
Respublika hududida amal qiluvchi soliqlar, uning to’lovlari soliq undirishning
ob’ektlari, soliq to’lash tartibi, soliq to’lash bo’yicha imtiyozlar, soliq to’lash bilan
bog’liq ravishda kelib chiqadigan munozaralarni hal qilishning umumiy tartibi
O’zbekiston Respublikasining soliq to’g’risidagi qonunlari va Soliq kodeksi bilan
aniqlanadi.
Korxonalar faoliyatini soliq yordamida tartibga solish quyidagi umumiy
tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
- barcha daromadlardan, ularning manbalariga bog’liq bo’lmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
- soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
- samarali ishlovchi korxonalarda hamda xo’jalik yuritishning ilg’or shakllari uchun soliq
me’yorlarining rag’batlantiruvchi rolini ta’minlash;
- soliq to’lovi bo’yicha barcha sub’ektlar majburiyati ustidan moliyaviy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |