O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti iqtisodiyot fakulteti
O’zbekistonda 2000-2004 yillarda inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichlari
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Eshpo'latov Obid Hisobot
O’zbekistonda 2000-2004 yillarda inflyatsiyaning asosiy ko’rsatkichlari
Хizmatlar Yillar Iste’mol mollari narxlari yig’ma indeksi (INI) Shu jumladan:
Oziq- ovqat tovarlari Nooziq-ovqat tovarlari
2000 24,9
18,9
36,6
47,1
2001
27,4
27,9
21,1
36,9
2002
27,6
28,0
19,3
41,3
2003
10,3
5,4
13,9
30,9
2004
1,6
-4,7
6,3
23,6
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi. Kelib chiqish sabablari va o’sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul doimiy va uzluksiz harakatda bo’lishi lozim. Buning uchun esa bo’sh pul mablag’lari ham pul-kredit muassasalari orqali to’planib, iqtisodiyotga investitsiyalar sifatida yo’naltirilishi lozim. Bu jarayonlarni amalga oshirishda kredit munosabatlari muhim ahamiyat kasb etadi.
pulga muhtoj bo’lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to’lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlaridir. Pul shaklidagi kapital ssuda kapitali deyilsa, uning harakati kreditning mazmunini tashkil qiladi. Kredit munosabatlari ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni pul egasi (qarz beruvchi) va qarz oluvchi o’rtasida yuzaga keladi. Тurli xil korxonalar (firmalar), tashkilotlar, davlat va uning muassasalari hamda aholining keng qatlami kredit munosabatlarining sub’ektlari hisoblanadi. Sanab o’tilgan sub’ektlarning aynan har biri bir vaqtning o’zida ham qarz oluvchi va ham qarz beruvchi o’rnida chiqishi mumkin. Kredit munosabatlarining ob’ekti jamiyatda vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridir.
Kredit resurslarining asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 1. korxonalarning amortizatsiya ajratmalari; 2. mahsulot sotishdan olingan pul tushumlari; 3. korxonalarning ishlab chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag’batlantirish fondlari; 4. korxonalar foydasi. Ular davlat byudjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha, shuningdek uning tegishli qismi korxona ehtiyojlari uchun foydalanguncha bankdagi hisoblarida saqlanadi; 5. bankdagi byudjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa ijtimoiy tashkilotlarning joriy pul resurslari; 6. aholining bo’sh pul mablag’lari.
o pul mablag’larini qayta taqsimlash; o to’lov vositalarini (veksel, chek, sertifikat va h.k.) yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik amaliyotiga joriy etish; o muomala xarajatlarini tejash; o iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish; o iqtisodiy sub’ektlar faoliyati ustidan nazorat qilish; o iqtisodiyotni tartibga solish.
Тarixiy taraqqiyot davomida kreditning ikki – pul va tovar shakllaridan foydalanib kelingan. Hozirgi vaqtda mamlakat ichki aylanmasida pul kreditidan kengroq foydalanib, u bank, tijorat, davlat, iste’mol va xalqaro kredit shakllarini oladi. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling