Karbonatli jinslar. Ularga ohaktoshlar, dolomitlar, bo‘r kiradi.
Ohaktoshlar terrigen, biogen va xemogen yo‘llar bilan hosil bo‘lishi
mumkin. Ularning tuzilishi qatlamli yoki noqatlamli bo‘ladi. Qatlamli ohaktoshlar
cho‘kindi hosil bo‘lish jarayonlarining o‘zgaruvchanligi tufayli hosil bo‘ladi.
Noqatlamiy ohaktoshlar esa asosan rif quruvchi organizmlar faoliyati tufayli
vujudga keladi.
Biogen ohaktoshlarni kolonial yoki yakka holda hayot kechiruvchi skeleti
yoki chig‘anog‘i kalsiy karbonatdan iborat bo‘lgan hayvon va suvo‘tlari qoldiqlari
to‘plami tashkil etadi (30, 31-rasmlar).
Biogen ohaktoshlarga oq yozuv bo‘ri – yuqori g‘ovaklikka ega bo‘lgan
yumshoq jins ham kiradi. U quruq holda nisbatan mustahkam bo‘ladi. Shlifda va
elektron mikroskopda ularning ohakli suvo‘tlari – kokkolitoforidlar (70-85%),
mayda foraminiferalar, inotseramlar, dengiz tipratikonlari va chuvalchanglarning
qoldiqlaridan tarkib topganligi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |