14
Ishlatilishi. Kaolinitli gillar muhim foydali qazilma hisoblanadi. Ular
issiqbardosh g‘ishtlar – shamot ishlab chiqarishda, farfor va fayans sanoatida,
yuqori voltli elektr izolyatorlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Qog‘oz va rezina
sanoatlarida to‘ldiruvchi sifatida hamda sovun, qalam va boshqalar ishlab
chiqarishda qo‘llaniladi.
Montmorillonitli gillar oziq-ovqat sanoatida yog‘, vino va sharbatlarni, neft
mahsulotlarini tozalashda, burg‘ilash eritmalarini tayyorlashda, sovun va atir-upa
mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Toza, yuqori sifatli montmorillonitli
gillardan dorilar tayyorlanadi.
O‘zining adsorbsion va kolloidal xossalari tufayli paligorskit gillari neftni
qayta ishlash sanoatida, meditsinada, farmakologiyada, tuzli qatlamlarni
burg‘ilashda keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: