“Aqliy hujum”usulining afzalliklari:
-natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning
shakllanishiga olib keladi;
-ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
-fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
-ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati
mavjud;
-ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
Masalan: Talabalarga “Yok tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish”
usullari sanab berish topshiriladi. Javob berilayotganda-javoblar izohlanmaydi
yoki o‘rinsiz deb rad etilmaydi. Javoblar tugagach talabalar o‘qituvchi bilan
birgalikda javoblarni muhokama qilishadi. Guruh a’zolari shu mavzu
yuzasidan gaplashib, miyaga nima kelsa, shularning xammasini daftarga yozib
olishadi. Keyin hamma o‘z fikrini bayon etadi. g‘oyalarni yozish uchun bir kishini
ajratish kifoya. Bu metod guruhni birlashtirib, yakdil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: