O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

 

 


1.2 “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni  me’yorlashtirish” 

mavzusini o‘qitishda  qo‘llaniladigan “Aqliy hujum” va “Loyiha” interfaol  

usullarni   ta’limiy imkoniyatlari 

 

“Aqliy hujum” usuli - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan 

bildirilgan  erkin  fikr  va  mulohazalarni  to‘plab,  ular  orqali  ma’lum  bir  yechimga 

kelinadigan  metoddir.  “Aqliy  hujum”  metodining  yozma  va  og‘zaki  shakllari 

mavjud.  Og‘zaki  shaklida  ta’lim  beruvchi  tomonidan  berilgan  savolga  ta’lim 

oluvchilarning  har  biri  o‘z  fikrini  og‘zaki  bildiradi.  Ta’lim  oluvchilar  o‘z 

javoblarini  aniq  va  qisqa  tarzda  bayon  etadilar.  Yozma  shaklida  esa  berilgan 

savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini  qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga 

ko‘rinarli  tarzda  yozadilar.  Javoblar  doskaga  (magnitlar  yordamida)  yoki 

«pinbord»  doskasiga  (ignalar  yordamida)  mahkamlanadi.  “Aqliy  hujum” 

metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish 

imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, 

ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.  

Mashg‘ulot  jarayonida  o‘quvchilar  faoliyatini  standart  talablar  asosida 

nazorat  qilish,  ular  tomonidan  bildirilayotgan  fikrlarni  baholashga  yo‘l 

qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy 

fikrlarini  himoya  qilishga  qaratadilar,  oqibatda  yangi  fikrlar  ilgari  surilmaydi. 

Usulni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy  maqsad  o‘quvchilarni  muammo bo‘yicha  

keng    fikr    yuritishga    undash  ekanligini  yodda  tutgan  holda  ularning  faoliyatini 

baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir.  

Aqliy  hujum    ijtimoiy    hayotda,    ishlab    chiqarishda    qo‘llanayotgan    ish  

usuli hisoblanadi. Undan ta’lim jarayonida ham keng foydalanish mumkin. Aqliy 

hujum  usulidan  da’vat  bosqichida  ham,  anglash  va  fikrlash  bosqichlarida  ham 

foydalaniladi. “Aqliy hujum”  guruhning  barcha  a’zolarini,   ayniqsa,   passiv,   

tortinchoq  a’zolarini    faollashtirishi    bilan    foydalidir.    Aqliy    hujumni    tashkil  

etganda  ma’lum meyorga rioya etish kerak. Juda ko‘p qo‘llash uning qimmatiga 

putur  yetkazadi.  Temaga  oid  tushunchalarni  izohlashda,  mavzuni  yakunlashda 

foydalanish mumkin [12,13]. 



“Aqliy hujum”ni o‘tkazishda ma’lum bir muammo yoki tushuncha guruhga 

ma’lum  qilindi  va  unga  doir  fikr  va  mulohazalarni,  bilimlarni  bayon  etish  taklif 

etiladi. Biror kishi fikrlarni qayd etib boradi. 

Masalan:    “Talabaning    muvaffaqiyatli    o‘qishi    uchun    ta’sir    etuvchi  

faktorlar” muhokama    etilsa:    talabanng  faolligi,    bilim    darajasi,    qiziqishi,    

ta’limning  uyushtirilishi,  texnik  vositalarini  qo‘llanishi,  kompyuterdan 

foydalanish,  darslik  va  qo‘llanmalar    mavjudligi    ta’lim    jarayonini  

rejalashtirilishi,  ta’lim  mazmunini  aniq bo‘lishi,  talabanng  iqtisodiy  ta’minoti,  

tarbiyaviy  ishlarning  qo‘yilishi  va  hokazo fikrlar bildirilishi mumkin. Keng va 

atroflicha  fikr  bayon  etilishga  erishish  foydalidir.  Barcha    fikrlar    qayd    etiladi.  

So‘ngra  ularning  ahamiyati  muhokama  qilinadi. Fikrlarning ahamiyatiga qarab 

o‘rnini belgilash ham mumkin. Har  bir  fan  o‘qituvchisi  “Aqliy  hujum”  uchun  

tavsiya    etiladigan    temalarni  aniqlashi  kerak.  “Aqliy  hujum”  kichik  va  katta 

guruhlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Aqliy  hujum  guruhni  faollashtiradi,  darsni  

jonlantiradi [12,13]. 


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling