O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
1-To‘zitgich plastinasi; 2-klapan prujinasi; 3- elektromagnit; 4- Elektr toki bilan
ulanish qismi; 5-yonilg‘i kirish tuynugi; 6-kiritishdagi yonilg‘i filtri; 7- elektromagnit korpusi; 8- klapan.
Yonilg‘i forsunka korpusiga filtr (6) orqali ishlash vositasida yuboriladi. Forsunka korpusining ichiga bir uchiga to‘zitgichli (1) bo‘lgan klapan (8) hamda tez ta’sir etuvchi elektromagnit (3) joylashtirilgan bo‘lib, elektromagnit chulg‘amlarining uchi korpusdan izolyatsiya (himoya) qilingan kontaktlar (7) orqali tashqariga chiqariladi. Elektromagnit to‘lqinlangan paytida, klapan, prujina (2) ta’sirida o‘rniga bosib turiladi. Forsunka kontaktlariga boshqaruvchi elektr impulsi yuborilganda klapan taxminan 0,1 mm ga ochiladi. Bir komplekt forsunkalarda yonilg‘ini siklik (davriy) uzatishdagi farq kam uzatishda 14%, ko‘p uzatishda 15 % gacha bo‘lishi mumkin emas [17].
purkashga qaraganda bir xillligini sezilarli ravishda yaxshilashni ta’minlaydi. Injektorning ishlash prinsipi asosan injektorning orqa qismidagi misli sim o‘ramlari va o‘q o‘zakka bog‘liq. Chunki injektorning mis o‘ramlariga elektr toki shteker orqali elektron boshqaruv blokidan kelayotgan signallar uzib-uzib berilganda mis o‘ramlarida magnit maydon hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan magnit maydon hisobiga o‘q o‘zak magnitlanadi. Shundan so‘ng magnitlangan o‘q o‘zak o‘ziga injektor klapani tortiladi. Klapan o‘q o‘zakka tortilgach injektorga yuqori bosimda kirayotgan yonilg‘i silindrlariga injektorning uch qismidagi 0,085mm li teshiklardan par holida purkaladi. Natijada silindrlarda kerakli yonuvchi aralashma hosil bo‘ladi. O‘q o‘zakda magnit yo‘qolgach klapan teshiklarni prujina va oraliq ushlagich yordamida berkitadi. Injektorning uchki qismi: Bu qismning vazifasi yonilg‘ini silindrning ichiga kiritish uchun 0,085mmli 6ta teshiklardan bug‘ holida 2,7MPa bosim ostida o‘tkaziladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uchki qismini ikkita rezina qistirgich, bitta pastda ikki uch qismi bilan injektorning pastki qismlari orasida zichlagich vazifasini o‘taydigan rezinalardan iborat. 1. Rezina injektorni silindrlar blogi bilan biriktirganda ular orasidagi zichlagich vazifasini o‘taydi. 2. Rezina qismi injektorning uch va pastki qismlari orasidagi zichlik vazifasini o‘taydi. Injektor klapani ikki xil shtrixlangan qismlari bor. 1-qismi kattaligi yuqori bo‘lgan detaldan, 2-qismi kattaligi uncha katta bo‘lmagan detaldan iborat. Injektor klapanining vazifasi injektorning uch qismidagi yonilg‘i o‘tish, purkalish teshiklarini berkitishga mo‘ljalangan. Injektor elektromagnit maydon hisobiga ishlaydi, shuning uchun injektor orqa qismining chizmada misli sim o‘ram shtekeriga ulangan vilkasimon (shteker rasmda bo‘rtib chiqqan) qismida ko‘rinib turibdi [17].
Injektorning sim o‘ramlari o‘rtasida o‘q o‘zak mavjud. O‘q o‘zak o‘ramlarga elektr toki berilganda sim o‘ramda magnit maydon hosil bo‘ladi. Shu magnitlanish ta’sirida o‘q o‘zak magnitlanadi, yonilg‘i injektorga kirishdan oldin 10 mkmli filtr elementdan o‘tadi. 1- katta, 2- kichik. Katta prujinaning vazifasi injektorning uch qismi va pastki qismlarini bir-biridan oraliq ushlagich yordamida itarib turadi. Kichik prujinkaning vazifasi injektorning o‘q o‘zagi magnitlanganda klapanni o‘ziga tortadi, o‘q o‘zagida magnitlanish yo‘qolgandan keyin klapan o‘z holatiga qaytishi kerak. Klapanni o‘z holiga qaytishini kichik prujinka orqali ushlagich yordamida o‘z holiga qaytaradi [17].
Forsunkalarda yuzaga kelayotgan asosiy buzuqliklarni tahlil qilsak: Injektorning asosiy ishdan chiqadigan detallari klapan to‘zituvchi plastina, rezina qistirgichlari, elektromagnit va kiritishdagi yonilg‘i filtrlaridir. Yonilg‘i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga javob berishi zarur. Bu ashyolarning sifati avtomobillarni ishlatish va iqlim sharoiti, mexanizmlarning tuzilishlariga bog‘liq holda baholanadi va tanlanadi. Yonilg‘i va moy mahsulotlarining sifati ishlatish xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Benzinning asosiy ko‘rsatkichlari: mexanik qo‘shimchalar borligi, quyqa hosil bo‘lish imkoniyati, zanglashni hosil qiluvchanlik, detonatsiyaga turg‘unlik va fraksion tarkibilari hisoblanadi. Dizel yonilg‘ilarining qovushqoqligi, metan
soni, mexanik
qo‘shimchalarning yo‘qligi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Dvigatel va transmissiya uchun qo‘llaniladigan moylarning asosiy ko‘rsatkichlari: qovushqoqlik va uning o‘zgarish harorati bo‘lib, bunga bog‘liq holda ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o‘z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir. Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo‘l sharoiti, haydash va TXK sifati bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig‘indisini ifodalaydi. Avtomobil ish tartibi-uning ishlashini turli harakat tezliklarida va yuklanishlarda vaqt orqali ifodalaydi. Avtomobil ishida ko‘p marotaba qisman tezlikning oshishi va sekinlashishi kuzatilib, bu hol o‘zgaruvchan rejim deyiladi. Agar belgilangan masofadagi avtomobil harakatida yetaklovchi g‘ildiraklarga qo‘yilayotgan tortish kuchi va tezligi o‘zgarmas bo‘lsa, bunday ish rejimi o‘zgarmas deyiladi. Avtomobilning o‘zgaruvchan rejimda ishlashi, detallarni tez yeyilishiga va yonilg‘i sarfi ortib ketishiga olib keladi [17,18]. Yo‘l sharoiti-harakat tezlashishini, burilish radiusi, qoplamalarining tekisligini, balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo‘lning (to‘g‘ri) qurilish sifatini ifodalaydi. Avtomobil asfalt yo‘lda yurmay, tuproqli, notekis yo‘lda yurganda, tirsak valining aylanishlar soni ortib, shu bilan bir qatorda ilashish muftasini ulashlar soni, harakat tezligini qo‘shib ajratishlar, harakatni sekinlatishlar sonining ortishi natijasida yonilg‘i sarfi ham (asfaltli yo‘lda yurganga qaraganda) o‘n
barobar va undan ham oshib ketadi. Buning natijasida avtomobil agregat, mexanizm va detallarning yeyilish jarayoni tezlashadi. Iqlim sharoiti-havo harorati, barometrik bosim va namlik bilan ifodalanadi. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi hududini yarmidan ko‘prog‘i sovuq mintaqali hisoblanib (yarim yildan ko‘proq vaqt mobaynida harorat -20 0 C bo‘lib), bu havoni past harorati, avtomobilni texnikaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobillarni bunday sharoitda ishlashi hamma agregat mexanizmlarni o‘ta sovib ketishga olib keladi. Buning natijasida, sovuq dvigatelni yurgizish qiyinlashadi, sovutish tizimidagi suyuqlik muzlaydi, akkumulyatorlar batareyasi elektroliti o‘ta soviydi. Muhitdagi havo haroratining oshishi radiatordan ajralib chiqayotgan issiqlikni kamaytiradi, dvigatelni qizib ishlashiga olib keladi. Bunday holatda dvigatel siltanish (detonatsiya) bilan ishlab, uning quvvati, tejamkorligi va uzoq ishlashligi kamayadi [19]. Dvigatelning qizib ishlash yonilg‘i hamda uning chala yonib chiqishi atrof muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi. Avtomobilni haydash sifati ma’lum yo‘l sharoitida haydash uslubini ifodalaydi. Avtomobilni haydashning quyidagi uslublari mavjud: beixtiyor yoki harakat inersiyasi bilan olg‘a siljib haydash, (to‘siqlaridan o‘tib), to‘siqlarsiz belgilangan tezlik bilan haydash va murakkab haydash (kombinirovanno‘y). Avtomobillarni haydash uslullarini kuzatish natijalari shuni ko‘rsatadiki, to‘siqlardan o‘tib, tezlatish (razgon va nakat) uslubida haydashda yonilg‘i sarfi 5-6% ga tejaladi, ammo dvigatel detallarining yeyilishi (boshqa uslullardagi haydashlarga qaraganda) jadallashadi. Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar qutisi ko‘proq ishlaydi. Ikkinchi uslulning kamchiligi shundan iboratki, nishab yo‘ldan tushishda, bevosita to‘xtash ko‘p marta tormozlanishlar natijasida bajariladi va dvigatelning yeyilishi ortadi. Yok avtomobil texnik holatini o‘zgarishi o‘ziga xos qonunlar asosida ro‘y beradi, bular ishlash jarayoni (narabotka) bo‘yicha texnik holatini o‘zgarishi (1-tur ehtimolligi) va tasodifiy ehtimollik jarayonlari qonunyatlari (2-tur ehtimolligi) hisoblanadi [20]. Yuqoridagi qonuniyatlar o‘z navbatida, avtomobil texnik holatini ekspluatatsion vaqt yoki yurgan yo‘li davridagi texnik holat o‘zgarishi ko‘rsatkichlari variatsiasidir. Bu qonuniyatlar avtomobil ishonchliligini to‘liq xarakterlaydi. TX va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun, hafta va oy mobaynida nechta ma’lum turdagi "ishdan chiqish" (otkaz) bo‘lishi mumkinligini bilish, bizga kerakli ishchilar sonini, ishlab chiqarish maydonini, ehtiyot qismlar sarfini meyorlashga imkon yaratadi. Yok avtomobil ishonchliligi ko‘rsatkichlarini bir-biriga bog‘liqligini uchinchi qonuniyat, tiklanish jarayoni - ma’lum vaqt ichidagi "ishdan chiqish" sodir bo‘lishi va uni bartaraf etishni xarakterlaydi. Avtomobilning ishonchlilik ko‘rsatkichlari murakkab hisoblanib, ular buzilmasdan ishlash (bezotkaznost), uzoq ishlashlik (dolgovechnost), ta’mirlashga moyillik (remontoprigodnost) va saqlanuvchanlik (soxranyayemost) hisoblanadi. Buzilmasdan ishlash-bu ma’lum vaqt yoki yurish yo‘li davrida o‘zining texnik holatini saqlab turish demakdir. Uzoq ishlashlik-bu avtomobillarni ma’lum vaqt kelguncha va TX, JT ishlari bajarilguncha texnik holatini saqlab turish. Ta’mirga moyillik-bu avtomobilni tekshiruv-nazorat, TX va JT davrida buzilishlarni nazorat va bartaraf etishga qulayligini, imkoniyatini va moyilligini bildiradi. Saqlanuvchanlik-avtomobilni ishdan bo‘sh yoki ishlash davrida o‘zining texnik soz holatini saqlab tura olishi demakdir. TXK sifati avtomobilning texnikaviy holatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, TXK sifati bilan avtomobil texnikaviy holati orasida uzviy bog‘lanish bo‘lib, o‘z vaqtida TXK hisobiga avtomobillardan unumli foydalanish oshadi. Avtomobil texnikaviy holatiga ta’mirlash sifatining ta’siri, uni ishlatish jarayonidagi nosozliklar va buzilishlarning sodir bo‘lish miqdori bilan ifodalanadi [21]. Yok avtomobillarning ishlash sharoitini hisobga olgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va meyorlashtirishni boshqarishni tadqiqot olib borgamizda tahlili shuni ko‘rsatdiki, havoning yuqori harorati va changligi sharoitida ekspluatatsiya qilinayotgan yok avtomobillarning xizmat muddatlari juda kam, ishonchliligi va ekspluatatsiya ko‘rsatkichlari past. Viloyatimizda quyidagi ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi: yozda havo harorati + 50 o C gacha yetadi, kun davomida harorat o‘zgarishi 25 o C tashkil etadi, havo namligi gohida 20-30% dan oshadi. Yok Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida kapot osti kengligidagi havo harorati 90-100 0 C , bakdagi yonilg‘i harorati 45-50 0 C, yonilg‘i nasosidagi harorat 90 0 C, yozdagi quyosh radiatsiyasi 1500-1800 Vt/m 2 gacha yetadi, asfalt va qum 75-80 0 C, yer esa 50 0 C gacha qiziydi, dvigatelni havo olish sathidagi havoning changligi 0,1- 5 g/m 3 gacha yetadi, bu mo‘tadil iqlimdagidan 50 marta ko‘p demakdir. Yok avtobillarini ekspluatatsiya qilishni meyorlashtirishda ekspluatatsiya tajribalarini umumlashtirish va nazariy tadqiqotlar tahlili asosida TXK xamda T meyorlarini avtomobillarni ishlash sharoitini hisobga olgan holda, moslashtirish va profilaktik ishlarning o‘tkazilishini rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga ATE samaradorligini oshirish imkoni to‘g‘risida gipoteza ilgari surildi. Shu gipotezani isbotlash maqsadida, ishlab chiqilgan uslubiyot asosida, ATK TIKlari tizimli tahlil qilindi va tadqiq etildi. Tizimli tahlil uslubiyatining mohiyati shundaki, ATKning TXK va T bo‘yicha ishlab chiqarish dasturlarini hisoblash elementlarini tashkil etuvchi omillarning TIKlar bilan analitik bog‘liqliklari tahlil qilinadi va TIK larga ta’sir etuvchi omillar ro‘yxati aniqlanadi. Hozirgi paytgacha avtomobillarga TXKni rejalashtirishda moslashuv davri yo‘li hisobga olinmagan, ekspluatatsiya boshidan beri yurgan yo‘l hisobga olinmasdan, barcha avtomobillar uchun TXK davriyligi bir xilda o‘rnatilgan. Avtomobillarning ekspluatatsiya boshidan beri yurgan yo‘llari ko‘payishi bilan ularning texnik holati yomonlashadi, shu sababli, profilaktik ishlar ushbu omilni hisobga olgan holda o‘tkazilishi lozim [22].
|
ma'muriyatiga murojaat qiling