O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti kurs ishi Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi Bajardi: Abdurahimov Asadbek


Turkiston o'lkasining ma'muriy-hududiy bo'linishi va boshqaruvi. Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud hokimiyati


Download 71.28 Kb.
bet3/6
Sana28.09.2023
Hajmi71.28 Kb.
#1689424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi. Asadbek

1.2 Turkiston o'lkasining ma'muriy-hududiy bo'linishi va boshqaruvi. Turkiston general-gubernatorligida politsiya va sud hokimiyati.
Turkiston general-gubernatorligida joriy qilingan boshqaruv usuli mahalliy aholi ustidan to’la nazorat qilish imkonini bera oladigan tarzda qilib tashkil etilgan edi. Markaziy o’lka boshqaruvi general gubernatori, uning Kengashi va mahkamasidan iborat bo’lgan. Turkiston general gubernatori o’z qo’lida harbiy va fuqarolik hokimiyatini birlashtirgan edi. Ayni vaqtning o’zida u podsho noibi, harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni, yettisuv kazak qo’shinlari qo’mondoni, bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini ham o’z qo’lida birlashtirgan edi. Turkiston general gubernatori Rossiyaga vassal hisoblangan Buxoro amirligini Rossiya imperator siyosiy agentligi (1885-1917) va Xiva xonligini Amudaryo bo’limi (1873-1918) boshliqlari orqali nazorat qilingan. O’lka boshqaruvining eng dolzarb masalalari general gubernatorlik kengashi tomonidan hal etilgan. Bu kengash o’z tarkibiga harbiy guyernator, sud palatasi raisi, prokuror, okrug shtabi boshlig’i, general gubernator yordamchisini kiritgan edi. Shuningdek, markaziy boshqaruvda to’rt mahkamadan iborat general gubernator mahkamasining ham o’rni katta bo’lgan. Birinchi bo’lim ma’muriy va nazorat ishlarini, ikkinchi bo’lim bosh boshqarmaning moliyaviy xo’jalik ishlarini, uchinchi bo’lim soliqlar, shaharlar mablag’lari va boshqaruvga doir loyihalar tayyorlash ishlarini nazorat qilgan bo’lsa, to’rtinchi bo’lim mahsus bo’lim bo’lgan. Bu bo’lim 1886 yilgacha faoliyat yuritgan va harbiy hamda adliya vazirliklari ko’rsatmalariga ham amal qilmagan. General gubernatorning diplomatiya idorasi Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Afg’oniston va Qoshg’ar bilan munosabatlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug’ullangan. General gubernator mahkamasi ixtiyorida Turkiston ommaviy kutubxonasi, Toshkent muzeyi, markaziy arxiv, «Turkestanskiye vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» gazetalari va bosmaxona ham bo’lgan. Turkiston o’lkasi markaziy bosh boshqarmasida general gubernatorga bo’ysunmaydigan adliya, moliya, ziroat va davlat mulklari vazirliklariga qarashli idoralar ham bo’lgan va ular to’g’ridan-to’g’ri podshoga bo’ysungan. Turkiston general gubernatorligi beshta viloyatdan iborat bo’lib, ular Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, yettisuv va Kaspiyorti viloyatlari edi. Viloyatlar podsho tomonidan tayinlangan harbiy gubernatorlar ixtiyorida bo’lgan. Bir vaqtning o’zida ular viloyat harbiy qo’shinlari qo’mondoni vazifasini ham bajarganlar. Viloyatdagi ma’muriy, politsiya va sud hokimiyatlari ham harbiy gubernatorlarga bo’ysungan. Viloyatlar o’z navbatida uyezdlarga bo’lib boshqarilgan. Uyezdlar uyezd boshliqlari tomonidan idora etilgan. Sirdaryo viloyati Toshkent, Avliyoota, Kazalinsk, Perovsk, CHimkent: Farg’ona viloyati Marg’ilon, Andijon, O’sh, Qo’qon, Namangan: Samarqand viloyati Jizzax, Xo’jand, Samarqand: yettisuv viloyati Verniy, Kopal, Lersin, Pishpak, Prjevalsk: Kaspiyorti viloyati Ashxobod, Krasnovodsk, Mang’ishloq, Marv, Tajan, uyezdlariga bo’lingan. Uyezdlar uchastkalarga bo’lib idora qilingan. Uchastkalar esa o’z navbatida mahalliy ma’muriy amaldorlar boshqaradigan ma’muriy hududlarga bo’lingan. Mustamlakachi sud hokimiyati Turkistonda imperiyaning mustamlaka siyosatini amalga oshirishda asosiy tayanch ma’muriy va majburiy qiluvchi hokimiyat bo’g’ini bo’lgan. Turkistondagi mustamlakachi sud hokimiyati cheklanmagan katta vakolatlarga ega bo’lgan. Bosh mirshab va bosh prokuror vazifalarini general-gubernatorning o’zi bajargan. Ma’muriy boshqaruvning har bir bugini boshlig’i o’z qo’llarida sud ishlari va mirshablik ishlari bo’yicha ham katta vakolatlarga ega bo’lganlar.Turkiston shaharlarida politsmeyster lavozimi joriy etilgan bo’lsa, Toshkentda yangi va eski shaharlarda alohida politsmeysterlar ish olib borganlar. Ularga politsiya pristavlari bo’ysungan va ko’p sonli mirshablar ham ularning izmida bo’lgan. Turkistonda sud hokimiyati ikki xil - imperiya sudlari va halq sudlaridan iborat bo’lgan. Imperiya sudlari imperiya qonunlari asosida faoliyat yuritgan bo’lsa, halq sudlari shariat qonun-qoidalari asosida faoliyat yuritgan. Sudlar, tuman sudlari, sud palatasi huquqidagi viloyatlar boshqarmalari, mirovoy sudlar qurultoylari va harbiy sudlardan iborat bo’lgan. Davlatga qarshi jinoyatlar va boshqa turdagi siyosiy jinoyatlar, davlat mulkini o’g’irlash va talon-taroj etish va boshqa shu kabi jinoyatlar imperiya sudlari tomonidan ko’rib chiqilgan. Muhim va og’ir hisoblangan jinoiy ishlar esa harbiy sudlar tomonidan ko’rilgan. siyosiy bo’lmagan va asosan mahalliy aholi tomonidan sodir etilgan mayda jinoyatlar shariat qozilari tomonidan ko’rib chiqilgan, biroq ular rus millatiga va yevropaliklarga mansub shaxslarning jinoiy ishlarini ko’rishga huquqsiz bo’lganlar. 1886-yilda qabul qilingan «Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Nizom» ga ko’ra, sudlar faoliyatiga bir oz o’zgartirishlar kiritildi va tuman sudlari bekor qilindi. Viloyat prokurori va unga yordamchi muovin, sud tergovchisi lavozimlari joriy etildi.1893-yil 2-iyunda Rossiya imperiyasi Davlat Kengashi tomonidan sud sohasidagi islohotlar tizimi tasdiqlandi. Unga ko’ra, Toshkent shahrida sud palatasi, viloyatlarda esa bittadan okrug sudlari ta’sis etildi. 1899-yil 14-mayda ochilgan Toshkent sud palatasi barcha sudlar ustidan nazorat ishlarini ham olib borardi. Mahalliy sudlar esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, siyosiy tusga bo’lmagan barcha fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish huquqiga ega edi.
O‘rta Osiyoda bosib olingan hududlar ma'muriy jihatdan bo‘linib, ular to‘liq harbiy zobitlar qo‘l ostida bo‘lgan. 1877-yilda Toshkentda «Shahar nizomi» joriy etilgan bo‘lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi Dumaga o‘tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi Eski shahar qismidan, 2/3 qismi esa Yangi shahar qismidan saylangan. Bunga ko‘ra shaharning 80 ming mahalliy aholisidan 21 ta deputat, 3900nafari, asosan, ruslardan iborat aholidan esa 48 ta deputat qatnashgan. Shahar xo‘jaligiga oid barcha ishlar Duma qo‘lida bo‘lgan. Dumaga rahbarlik qiluvchi shaxs general-gubernator tavsiyasi bilan harbiy vazir tomonidan tasdiqlangan. 1886-yil 12-iyulda imperator Aleksandr III tomonidan yangi «Turkiston o‘lkasini idora qilish to‘g‘risidagi Nizom» tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o‘lkada ma'muriy boshqaruvni mustahkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo‘jand, Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand uyezdlari uning tarkibiga kiritildi. Qurama uyezdining nomi Toshkent uyezdi deb o‘zgartirildi. 1886-yilda Turkiston general-gubernatorligining umumiy hududi 1,7 million kv. km bo‘lib, aholisining soni 5,2 million kishidan iborat bo‘lgan. O‘zbeklar va boshqa tub xalqlar 1897-yilda 5 millionga, 1911-yilda esa qariyb 6 millionga yetgan. Rus aholisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni ham qo‘shib hisoblaganda 1897-yilda 197 ming kishini, 1911-yilda esa 400 ming kishini tashkil qildi. Podsho hukumati hamisha ko‘chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan choratadbirlarni amalga oshirib bordi. lar mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo‘lib xizmat qilishi lozim edi. 1886-yildagi «Nizom»ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora - Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to‘ldirilgan. Viloyat harbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig‘i bu Kengashning doimiy a'zolari bo‘lishgan. Buxoroda esa 1885-yil Rossiya imperatorining siyosiy agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan.

Download 71.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling