O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qo'qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti kurs ishi Mavzu: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi Bajardi: Abdurahimov Asadbek


Download 71.28 Kb.
bet2/6
Sana28.09.2023
Hajmi71.28 Kb.
#1689424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi. Asadbek

Fanning predmeti: Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlakachilik davrida sodir bo‘lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o‘rganishdir.
Fanning obyekti: aniq tarixiy davr, makon, zamon hamda geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma’lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog‘liq jarayonlar bo‘lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi.
Fanning maqsadi: Turkistondagi mustamlakachilik yillarda O‘rta Osiyoda yuz bergan muhim o‘zgarishlar, Turkistonda Rossiya imperiyasining mustamlaka idora usulining joriy etilishi.


I BOB. O’rta Osiyoda Rossiya imperiyasi mustamlakachilik siyosati va uning xususiyatlari.
1.1 Rossiya imperiyasining mustamlakachilik tartiblari va xususiyatlari.
Turkistonda boshqaruv tizimi butunlay harbiylashtirilgan hokimiyat ixtiyoriga to’laligicha topshirilgan bo’lib, ularning qo’lida cheklanmagan va hech qanday insoniy huquqlarni tan olmaydigan hokimiyat tizimi shakillantirilgan edi. «Bu joyda bizning umumiy dushmanimiz-musulmonlik va yovvoyilikdir» - deya harbiy vazir Milyutinga maktub yo’llagan general Kaufman 1868 yil 22 yanvarda Toshkent jamoatchiligi vakillari oldida so’zlagan nutqida ruslarni Turkiston aholisining katta og’alari degan fikrni ilgari surdi.
Mahalliy maslahatchi F.Girs boshchiligidagi Dasht Komissiyasi (1865-1867) Turkiston o’lkasida qanday boshqaruv tizimi o’rnatish lozimligi haqida bir qancha takliflarni podshoga bayon qildi. Podsho Aleksandr II bu loyihalarni «O’rta Osiyodagi mulklarni o’zlashtirish bo’yicha Mahsus qo’mita» diqqatga havola qildi. Bundagi amaldorlar Turkiston aholisiga o’ta past nazar bilan qarab, o’lka aholisini «yovvoyilik va qoloqlikda» aybsitib, boshqaruvning faqatgina markazlashtirilgan harbiy hokimiyati joriy etilishi zarur degan xulosaga keldilar. Bu hokimiyat rasman «harbiy halq boshqaruvi» deb nomlangan bo’lsada, amalda to’laligicha harbiylar qo’lida edi.
1867-yilda harbiy vazir Milyutin Turkiston o’lkasini boshqarish to’g’risidagi Vaqtli Nizom loyihasini podsholik vazirlar qo’mitasi taqdim etdi va bu qo’mita tomonidan tasdiqlangan ushbu loyiha qonun sifatida kuchga kiritildi. Bunga ko’ra markaziy fuqarolik va harbiy boshqaruv tizimi to’laligicha general gubernator ko’liga topshirildi. U ayni vaqtning o’zida turkiston harbiy okrugi bosh qo’mondoni ham edi. Markaziy davlat boshqaruvidan boshqaruvning eng quyi pog’onalarigacha hokimiyat harbiy qo’liga topshirildi. Bu boshqaruv tizimi Turkiston o’lkasi va aholisini har tomonlama mustamlakachilik sirmog’iga solish bilan mashg’ul bo’ldi va ayrim o’zgarishlar bilan 1917-yilga qadar davom etdi.
Bosib olingan hududlarda imperiya hukmronligini o‘rnatish, mustahkam o‘rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo‘ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o‘zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o‘lkada joriy qilishi kerak edi. Mustamlakachilik siyosatining to‘liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch hisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurishlari bilan birga turli ko‘rinishlarda tashkil qilinib, tajriba-sinovlardan o‘tkazilgan holda o‘zgartirib borilgan. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan hududlar kengayib borgan. Bosib olingan hududlarni boshqarish tartiblari va uning qanday bo‘lishi kerakligi masalasi juda ko‘p hamda uzoq vaqt imperiya hukmron doiralarida turli soha vakillari ishtirokida muhokama qilingan. shbu masalani hal qilishda ehtiyotkorlik bilan uzoqni ko‘zlab ish ko‘rish, hech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan holda ish olib borilgan. Turkiston general-gubernatori S. M. Duxovskoy (1898-1901): «Turkiston o‘lkasi boshqa o‘lkalarga nisbatan tarixiy o‘tmishi, etnografik xususiyatlarini hisobga olgan holda alohida e'tibor berilishini talab qiladi», - degan edi. Podsho hukumati Toshkentni bosib olgandan so‘ng, 1865-yil 6-avgustda Aleksandr II «Turkiston viloyatini idora qilish to‘g‘risidagi Muvaqqat Nizom»ni tasdiqlaydi. Boshqaruv harbiy zobitlar qo‘liga o‘tadi. shbu nizomda boshqaruv tizimi «Harbiy-xalq boshqaruvi» nomi bilan gubernator qo‘lida harbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo‘limlarga bo‘linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o‘zida harbiy komendant ham hisoblangan. Bo‘lim boshliqlariga mahalliy aholi ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi hukumat vakillaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo‘ysungan.
1908-1910-yillarda Turkiston o‘lkasini podsho topshirig‘i bilan taftish qilgan senator K. Palen ta'kidlaganidek, «o‘lkada eng kichik ahamiyatga ega bo‘lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo‘lida» bo‘lgan. Mahalliy aholi vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavozimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan. General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo‘lgan asosiy ijrochi organ hisoblangan. Rossiya imperiyasidagi hech bir gubernada bunday katta vakolatga ega bo‘lgan boshqaruv organi mavjud bo‘lmagan. Turkiston
o‘lkasi ma'muriy-hududiy jihatdan viloyatlarga bo‘linib, ularni o‘z qo‘lidafuqarolik va harbiy hokimiyatni birlashtirgan harbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uyezdlarga bo‘linib, ular harbiy zobitlar boshqaruvida bo‘lgan. Uyezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo‘lingan. chastkalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‘z hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta o‘zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo‘lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an'anaviy turmush tarziga katta o‘zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari yangi bosib olingan yerlarda hali qarshilik va norozilik harakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo‘lmagani, o‘lka sharoitini to‘liq bilmasliklari dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo‘l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi o‘lka ma'muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o‘lkadagi sharoitlarni yaxshi biladigan mahalliy aholi vakillaridan o‘zlariga eng ishonchli bo‘lgan kishilarni topish muammosini ko‘ndalang qo‘yardi. ni hal qilishda imperiya hukumati Turkistondagi hukmronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chiqilgan saylov tizimi yordam berdi. Uyezdlar volostlarga, volostlar o‘troq aholi yashaydigan hududlarda qishloqlarga, chorvador aholi yashaydigan hududlarda esa ovullarga bo‘lindi. Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost boshlig‘i, qishloq oqsoqoli, ovul boshlig‘i, xalq sudyalari va ularning yordamchilari, ariq oqsoqoli, mirob, o‘nboshi, ellikboshilar kabi lavozimlarda yerlik aholi vakillari ish olib borgan. 1867-yilgi «Nizom» loyihasi asosida o‘troq aholi bir bosqichli tizim shaklida, ya'ni oqsoqolliklarga, chorvador aholi esa ikki bosqichli tizim ko‘rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 100-200 xonadon, ovul 100-200 o‘tov, har bir volost esa 1000-2000 o‘tovdan iborat holda tashkil qilinishi belgilangan.
O‘rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bilan bir vaqtda uni kelgusida qanday boshqarish va o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish hal qilib borilgan. Shunga ko‘ra Turkiston o‘lkasi bosib olingan davrdan boshlab to‘liq mustamlaka sifatida boshqaruv tartiblariga asoslangan ma'muriy-hududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilgan. ning asosiy maqsadi mahalliy aholini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turishga qaratilgan edi. Joriy qilingan boshqaruv tartiblari to‘liq ravishda harbiy tartiblarga asoslanib, o‘lkada imperiyaning siyosiy va iqtisodiy hukmronligini o‘rnatishga qaratilgan edi. O‘rta Osiyoda Rossiya imperiyasi hukumatining yana bir asosiy maqsadi- bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga aholini ko‘chirib keltirib joylashtirish bo‘lgan. O‘lka ma'muriyati ko‘chirib keltirilgan aholiga erkin yashashi va xavfsiz turmush kechirishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berishgaharakat qildi. Ko‘chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag‘lar bilan ta'minlangan. Aholini ko‘chirib keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o‘lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo‘shimcha tayanch kuchlarga ega bo‘lish edi. Bu siyosat mahalliy aholini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo‘ldi. Turkiston o‘lkasida mustamlaka tartiboti harbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga asoslangan edi. Bu vaqtgacha mustamlakachilik urushlari olib borish uchun saqlab turilgan harbiy qismlardan endi podsho ma'muriyati tomonidan o‘rnatilgan mustamlaka tartiblarini himoya qilish quroli sifatida foydalanadigan bo‘ldi. O‘rta Osiyoga temiryo‘llarning o‘tkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lish bilan birga harbiy-strategik maqsadlarni ham ko‘zlab qurilgan edi. O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlarida Rossiya imperiyasining mustahkam o‘rnashib olishi va mustamlakachilik siyosatining keng qamrovli olib borilishida temiryo‘llar muhim o‘rin tutdi. Harbiy qo‘shinlar va qurol-aslahalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O‘rta Osiyoga tashish uchun temiryo‘l qurildi. So‘ngra temiryo‘l qurilishi Ashxobodgacha davom ettirildi. 1888-yili Samarqandga dastlabki poyezd keldi, 1899-yilda esa temiryo‘l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi. Rossiya harbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari Kavkazda joylashgan bo‘lib, u yerdan Kaspiy dengizi orqali kemada tez kechib o‘tish mumkin edi. Krasnovodskdan esa temiryo‘l bilan Samarqand, Toshkent va Andijonga yetib kelish oson bo‘ldi. Endi harbiy qismlarni Krasnovodskdan Andijongacha bo‘lgan 3 ming kilometrdan ziyod masofaga ko‘chirish muammo bo‘lmay qoldi. Turkistonda paxta ekini keng tarqalishi va Rossiya kapitali joriy etilishi bilan XX asr boshlarida temiryo‘llarning nafaqat harbiy, balki iqtisodiy ahamiyati ham ko‘tarildi. 1905-yilda Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo‘l qurib kelindi.


Download 71.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling