O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Download 103.07 Kb.
bet5/6
Sana19.01.2023
Hajmi103.07 Kb.
#1101957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manaviyat va milliy gʻoya

Insoniylashtirish - jamiyatda insonparvarlik amallarini kuchaytirish, umuminsoniy qadriyatlami qaror toptirish.
Muloyimlik va insoniylik bilan uyg‘unlashgan holdagi tugallangan estetik shaklga ega bo‘lgan insoniy qobiliyatlami yuqori madaniy va axloqiy darajada rivojlantirish demakdir. Insonparvarlik («inson» arabcha; «parvar» fors-tojikcha;
«lik»-o‘zbekcha ko‘plik qo‘shimchasi bo‘lib – kishiga g‘amxo‘rlik, gumanizm) odamzodning qadri, uning erkinligi qobilyatlari har tomonlama nomoyon bo‘lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini ta’min etishga intilish, insoniylikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar yaratish ma’nosini anglatadi. Buyuk adiblarimizning fikricha, insonparvarlik - insonning sharafi, Vijdoni va imonning mahsuli hisoblanadi. Insonparvarlik g‘oyalari, baxt-saodat va adolatga erishish orzu-havaslari, xalq og‘zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy falsafiy, pedagogik ta’limotlarda uzoq o‘tmishdan beri o‘z aksini topib kelmoqda. Insonparvar ta’lim - umuminsoniy qadriyatlar, insonning hayoti va sog‘lig‘i, shaxsning erkin rivojlanishi ustuvorligi tamoyillariga asoslangan ta’limdir.
O’zbekistonda ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish, umuman, jamiyatni insonparvarlashtirishning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu borada amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tadbirlardan biri uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishning asosiy tamoyillarini ishlab chiqishdir. Bu esa ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish uni qayta qurishning eng asosiy va markaziy muammolaridan biridir. Uzluksiz a’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish keng dunyoqarashli va ma’rifatli, aql-idroki mukammal, ma’naviyaxloqiy jihatdan barkahiol, ruhan tetik, o‘z mamlakati va uning jahon hamjamiyatida tutgan o‘mi va rolida o‘zining fuqarolik as’uliyatini to‘g‘ri va to‘la anglab yetgan imonli, komil inson shaxsini tarbiyalash qsadlaridan kelib chiqadi. Ta’limni insonparvarlashtirishning markaziy masalasi yoshlarda yuksak axloq va fuqarolik sifatlarini shakllantirish, insonning ornomusi, sha’ni va mas’uliyati kabi tuyg‘ulami, vatanparvarlikni, ma’naviy-ruhiy fazilatlami tarbiyalashdan iboratdir.
Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik vazifasini amalga oshirishning muhim omillaridan biridir. U tashkiliy, uslubiy, huquqiy-me’yoriy, pedagogik-psixologik tadbirlami o‘z ichiga qamrab oladi.
Bunday tadbirlar majmudsi insonparvarlik g‘oyalarining va ta’lim-tarbiyadagi gumanitar vosita va uslublaming tabiiy ilmiy va texnik bilimlar doirasiga kirib borishni ta’minlashga va shular orqali tafakkuming texnokratik usulini yengib o‘tish va bartaraf qilishga qaratiladi.
Ta’limni insonparvarlashtirishning bosh maqsadi — ilmiytexnik bilimlaming gumanitar ta’lim bilan chambarchas birligini va o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashdan iboratdir. Uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirish ijtimoiy-madaniy qadriyatlami insonning ijtimoiy intizomi va uning ixtisoslik bo'yicha mehnat faoliyatining ajralmas va tabiiy belgilariga, xususiyatlariga aylantirishdan iborat bo‘lib, bo‘lajak mutaxassisning insonparvarlik sifat va fazilatlarining ustuvor bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. Ta’limni insonparvarlashtirish rejalari gumanitar turkumdagi fanlaming, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy fanlaming insonparvarlik xususiyatlaridan samarali foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish bilan birga, bu turkumga kirmagan fanlar, ya’ni fizika, kimyo, biologiya,matematika, shuningdek, texnika fanlari va umuman, talim tizimida o‘tiladigan barcha fanlaming ham tarbiyaviy tamoyillariga, insonning ma’naviy-axloqiy, ruhiy jihatdan takomillashtirish imkoniyatlariga alohida ahamiyat va e ’tibor qaratishni, ularning insonparvarlik xususiyatlarini kengroq ochib, tahlil etib ko‘rsatib berishni, talaba-yoshlami o‘qitish orqali ma’naviy-ruhiy jihatdan ham tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. o’quv dasturlarining, darslik va qoilanmalaming yangi avlodini yaratishda, ta’limning texnik vositalaridan * foydalanishda, ular uchun maxsus o‘quv dasturlari tayyorlashda ta’limni gumanitarlashtirishning mana shu tomonlariga, ya’ni yosh mutaxassislaming ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxs sifatida takomillashuvida har bir fanning ishtirokini eng yuqori darajada ta’minlashga katta e’tibor berilishi zarur. Bosh vazifamiz:o’zbekistonRespublikasidagi barcha talaba yoshlarni milliyg ‘oya asosida ma’naviy va axloqiy tarbiyasini yangilash orqali umuminsoniy ezgu fazilatlarini rivojlantirish va shu asosda demokratik jamiyat qurishga tayyorlashdan iborat. Maqsad: Insonparvar ma’naviyatli shaxsni voyaga yetkazish,ta’lim-tarbiya tizimiga insonparvarlikning ilmiynazariy asoslarini singdirish, uni metodik jihatdanta’minlash hamda ular asosida muayyan tadbirlami o'tkazish 1. «Ma’naviyat asoslari»faning namunaviy dasturini va darsligini qayta ishlab chiqish, ta’limniinsonparvarlashtirishga yo'naltirish. 2. Ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash. 3. Dars jarayonida, darsdan tashqari tadbirlarda, mahallada yoshlar ijtimoiy harakatida, an’anaviyv tadbirlar radio, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalaridagi ta’limninguyg‘unligini ta’minlash. 4. Yoshlar ma’naviyatini milliy g ‘oya va insonparvarlik asosidabosqichma-bosqich shakllantirish (maktabgacha tarbiya, maktab, o ‘rta maxsus , kasb-hunarta’limi, oliy ta’lim). Kutiladigan natijalar Har tomonlama riv ojlangan, barkamol ma’naviy shaxs - komil insonga ega ,bo‘lish: 1. Insonparvarlik va intellektuallikzakovatlilik 2. Vatanparvarlik 3. Xush fe’llik 4. Huquqiy madaniyat 5. Estetik (nafosat)tarbiyalanganlik 6. Ekologik madaniyat 7. Informatsion madaniyat 8. Oila ma’naviyati 9. Mahalla ma’naviyati 10. Milliy urfodatlarimizni ifodalovchi rasmrusumlar 11. Ijodkorlik va tadbirkorlik ko'nikmalari 12. Hurfikrlilik Respublika«Kamolot» yoshlar harakatiTegishli hokimiyat«Ma’naviyatva ma’ri-fat» markazlari bilan aloqalar Tegishli mahalla, ostlaribilan aloqalar( Iqtidorlilar bilan ishlashXotin-qizlar tashkiloti bilan ishlash «Ma’naviyat targ'ibot» markaziRespublika «Milliyg‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi ilg‘or tajribalami o'rganish, ilmiyamaliy tadqiqotlar olib borish va ommalashtirish tasaddi xodimlar bilan ish olib boorish Tarbiyasi og‘ir Sog‘lom avlod Jinoyatchilikni ldini bolalar bilan jamg‘armasi olish, kasb-hunarga ishlash bilan hamkorlik yo‘naltirish 2-shakl hisoblanadi.

2.2. Milliy g`oyani o`rganishning asosiy usullari va maqsadi.


Milliy g`oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini talabalar ongiga eng ta`sirchan yo`llar va samarali usullar bilan singdirish muhim vazifa hisoblanadi.
Yurtboshimiz Islom Karimov milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta`riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma`suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir». «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» T. «O`zbekiston», 2000 yil. 7 bet.
Yurtboshimiz Islom Karimov milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining maqsadi haqida fikr yuritib, uni shunday ta`riflagan: «Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo ma`suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. ». «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari» T. «O`zbekiston», 2000 yil. 7 bet.
«Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanining asosiy vazifasi esa o`z tizimidagi bilim va tushunchalarning barchasini pedagogik tamoyillar asosida, ma`rifiy yo`llar bilan talabalar ongiga singdirish. Shu asosda ularda yangicha dunyoqarash va mafkuraviy immunitet asoslarini, mustaqil fikrlash ko`nikmalarini shakllantirish, yosh avlod ongida g`oviy bo`shliq vujudga kelishiga yo`l qo`ymaslikdan iboratdir.
Mustaqillik yillarida to`plangan tajriba va ijtimoiy hayot rivoji aslida inson, jamiyat g`oya va mafkurasiz yashay olmasligini ko`rsatdi. Zotan, odamzot o`zining ruhi va shuuridagi ko`pdan-ko`p savollarga javob bo`ladigan, uni doimiy faoliyatiga undab turadigan hayotbaxsh g`oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi. Chunki tabiatda, jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi inson qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmaydi. Jamiyat hayotida sog`lom g`oya ustivor bo`lib turmasa, odamlarning qalbi va ongini yot, zararli g`oyalar egallab, halqning turmush tarzini izdan chiqaradi. Xuddi dunyoning boyligi turli kuchlar o`rtasida talash bo`lganidek, insonlarning qalbi va ongini egallab, ularni o`z qo`lidagi qurolga aylantirish maqsadi ham jahonda har xil tajovuzkor oqim va ta`limotlarni o`zaro kurashga undashi, ayniqsa, bugungi kunda yaqqol namoyon bo`lmoqda. Prezidentimiz milliy istiqlol g`oyasining vazifasi haqida to`xtalib shunday degan edi: «Men milliy istiqlol g`oyasi bugun tez sur`atlar bilan o`zgarayotgan dunyoda o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o`sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog`i zarur, deb bilaman» (o`sha kitob, o`sha bet)
Bu orzu-umidlar va intilishlarni amalga oshirish ushbu fanni o`qitishda bir qator talablarga ahamiyat berishni zaruratga aylantiradi.
Mazkur tavsiyalarga amal qilish ushbu fanning mohiyati, tushunchalari, tamoyil va xususiyatlarini atroflicha ochib berishga xizmat qiladi. Bu fan o`qituvchisi amaliy mashg`ulotlar olib borishda o`ta ma`suliyat, alohida kuyinchaklik bilan yondoshib, har bir mashg`ulotni yuqori saviyada olib boradilar degan umiddamiz.


Prezidentimiz bugungi taraqqiyotning mana shunday o`ziga xos qonuniyatlarini teran his etib, buyuk maqsadlar bilan yashayotgan halqimizning intilishlariga mos keladigan milliy istiqlol g`oyasi to`g`risidagi ta`limotni yaratdi. 2001 yil 18 yanvarda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» ni mamlakatimiz ta`lim tizimiga yangi fan sifatida jory etish to`g`risida farmoyish chiqardi. Bugungi kunda ta`lim muassasalarida keng o`rganilayotgan fan shu tariqa yuzaga keldi.


Prezidentimiz milliy g`oyaning vazifasi haqida to`xtalib shunday degan edi: «Men milliy istiqlol g`oyasi bugun tez sur`atlar bilan o`zgarayotgan dunyoda o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosiga, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanimizni his etib yashashga bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o`sib kelayotgan avlodga etkazishga xizmat qilmog`i zarur, deb bilaman» (o`sha kitob, o`sha bet).
Bu orzu-umidlar va intilishlarni amalga oshirish ushbu fanni o`qitishda bir qator talablarga ahamiyat berishni zaruratga aylantiradi.
Mazkur tavsiyalarga amal qilish ushbu fanning mohiyati, tushunchalari, tamoyil va xususiyatlarini atroflicha ochib berishga xizmat qiladi. Bu fan o`qituvchisi amaliy mashg`ulotlar olib borishda o`ta ma`suliyat, alohida kuyinchaklik bilan yondoshib, har bir mashg`ulotni yuqori saviyada olib boradilar degan umiddamiz.
«Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini mazmun-mohiyatini bilib olishda «Siyosatshunoslik» (Politologiya), Tadqiqotshunoslik (Sotsiologiya) kabi fanlar orqali beriladigan bilimlar qo`l keladi. Komil insonni tarbiyalashda «Milliy g`oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani oliy ta`lim muassasalarida o`qitiladigan falsafiy bilimlar: «Ma`naviyat asoslari», «Madaniyatshunoslik», «Axloqshunoslik», «Estetika», fanlari bilan ham uzviy aloqada. Shuningdek, dinshunoslik mavzularini chuqur o`rganish ham «Milliy istiqlol g`oyasi» fanining vazifalarini bajarishga yordam beradi. Dinning mohiyati, uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o`rni va ahamiyati, milliy, jahon va boshqa dinlarning qanday ekani, undan qaysidan yoki konfessiyaning tutadigan o`rni kabi masalalarni o`rganish nihoyatda muhimdir.
Diniy aqidaparastlik, islom xalifalagini tiklash, din niqobi ostidagi zararli va buzg`unchi g`oyalarning mazmun-mohiyatini chuqur anglash, ularga qarshi murosasizlik tuyg`usini shakllantiradi.
Milliy istiqlol g`oyasining huquqiy, konstituttsiyaviy asoslarini o`rganishda huquqshunoslik fanining ahamiyati katta. Mamlakatimizda inson xuquqlari va erkinliklarini, hokimiyatining konstituttsiyaviy asosda bo`lishi tamoyili, siyosiy plyuralizm va jamiyat hayotini erkinlashtirish, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish, bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarning mohiyati kabi masalalar milliy istiqlol g`oyasini xalqimiz avvalo yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish bilan uzviy bog`liqdir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, milliy istiqlol g`oyasi, uning asosiy tushuncha va tamoyillarini talabalar ongiga singdirish sermashaqqat, serqirra va sharafli vazifadir. Vazifani bajarishda har bir olim, mutaxassis va o`qituvchidan yuksak ma`suliyat, faol va omilkor bo`lishni talab qiladi.


Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkunki bugungi jamiyatni taraqqiyot sari yetaklashga sababchi bo’ladigan,va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shadigan soha bu manaviyat va madaniyat sohalaridir.Ma’naviyat asoslari fani g’oya va mafkuralarni yoshlarga yetkazib berishga dasturil amal bo’lib kelyapti.Zotan g’oyaga va malum mafkuraga ega bo’lmagan jamiyat tanazzulga yuz tutishiga tarix guvoh.Tarix saboqlaridan tug’ri xulosa chiqargan holda Milliy istiqlol g’oyasi ,ma’naviyat asoslari fanlar tizimini o’qitishning uzviyligini taminlash kerak. Bu faqat darsliklar bilan cheklanib olmay ,jamiyatga ro’y berayotgan voqealarga ongli ravishda fikr bildirish darajasiga chiqish uchun o’qish,o’qish va yana o’qish kerak Yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda ma‘naviyatni o‘rni beqiyos birinchi Prezidentimiz tabiri bilan aytganda insonni qalbini ma‘naviyat bilan zaft etilsa u insondan faqat bog‘ qoladi. Inson qalbida jaholat bo‘lsa u inson juda katta jamiyatni qoplagan qora bulutga o‘xshaydi. Ma`naviyat sohasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun o‘tgan davr ichida mamlakatimiz rahbariyati tamonidan juda katta ishlar amalga oshirildi. 1994 yilda birinchi Prezidentimizning "Istiqlol va ma`naviyat" to‘plami chop etildi. 1994 yil 23-aprelda birinchi Prezident tamonidan "Ma`naviyat va ma`rifat" jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risida"gi farmon e`lon kilindi. 1997 yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX - sessiyasida qabul qilingan "Ta`lim to‘g‘risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" da, shuningdek 1999 yil 3-sentyabrdagi "Respublika ma`naviyat ma`rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi Prezident farmonidagi xalqimizning ma`naviyati masalasiga, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga juda katta aqamiyat berildi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni esa muzeylar ishida tubdan burilish yasadi. Unga binoan barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, qo’llab-quvvatlash va ularga zarur ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatishni ta‘minlash maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi qoshida «O’zbekmuzey» jamg’armasi tashkil etildi, o’zbek, ingliz, rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma‘naviy-ma‘rifiy, rangli «Moziydan sado» jurnali ta‘sis etildi. Ma‘naviyatning zarurligi millatning o‘zligini to‘la anglash jarayoni bilan bogliq. Negaki, millat o‘zligini to‘la anglamas ekan, bironbir buyuk o‘zgarishlar qilib bo‘lmaydi. Milliy o‘zo‘zini anglash u yoki bu millatni o‘zga millatlardan ajralib ketishiga emas, balki o‘zligini anglagan millatlarning. ma‘rifatlashgan hamkorliklarining mustahkamlanib borishiga xizmat qiladi. Ana shunday o‘ta murakkab vaziyatda milliy o‘zlikni anglashda milliy g‘oyaga asosiy tayanch kuch, ilmiynazariy va amaliy dastur sifatida har bir insonning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalariga kirib borish orqali uning qalbi hamda ongiga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu milliy g‘oyaning xalq qayotiga yaqin, unga bevosyata daxldor ekanligini ta‘kidlash lozimdi Demak O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oyada bugungi hayotning eng dolzarb muammolari, uning strategik maqsadlari bilan dialektik boglanishi uning yashash sharti mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda milliy g‘oyaning zarurligi yana bir muhim holat bilan, ya‘ni bugun bizning tarixiy o‘zgarishlar davrida totalitar tuzumdan erkin demokratik bozor munosabatlariga asoslangan demokratik tuzumga o‘tish sharoitida yashayotganligimizdan kelib chiqmoqda. Bu o‘tish davri o‘ziga xos, juda katta g‘ov va to‘siqlarga duch kelishi, qattiq kurashlar orqali kechishi barchamiz uchun ayon bo‘lmog‘i darkor. Xalqimiz va jamiyatimizni mana shu davrida yangi ufqlar sari boshlash, da‘vat qilishda maqsadlarimiz aniq bo‘liish kerak. Bunday maqsadlarga esa, avvalo, chuqur o‘ylangan va puxta ishlangan mafkura asosida yetishish mumkin. Demak milliy g‘oya mustaqillikni mustahkamlash royasining o‘zagi bo‘lgan tanlagan taraqqiyot yo‘limizning to‘gri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish orqali ularni bunyodkorlik ishlariga safarbar etish uchun xizmat qiladi. Mustaqillikni asrabavaylash, himoya qilishda milliy yuyaning o‘rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi.



Download 103.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling