6.2 Standart funktsiyalar ( ABS, SQR, SIN, COS va boshqalar)
O`zgarmas - dasturni bajarilishi jarayonida o’z qiymatini o`zgartirmaydigan kattaliklar bo`lib butun, haqiqiy, MANTIQiy, harfli bo`lishi mumkin.
Masalan:1001, -44,26.85, -0.5Е2,TRUE, 'C', «8 », «faktorial », ‘6,8+Т’.
O`zgarmaslar o`zgarmaslarni tasvirlayotgan bo`limda yozilib, CONST kalit so`zi bilan boshlanadi. Masalan: CONST K=10; N=50; PI=3.141592; LMP=’p’;
O`zgaruvchi dеb harfli, butun, MANTIQIY tipda bo`lib, dasturni bajarilish jarayonida o`z qiymatini o`zgartiruvchi kattaliklarga aytiladi. Oddiy va indеksli o`zgaruvchilar bo`lishi mumkin.
Masalan: TOR, X, Y, VOL, A[1], B[2,1], A[I].
O`zgaruvchilar tasvirlanadigan bo`lim VAR kalit so`zi bilan boshlanadi.
Masalan: VAR
ART, TOP, CP6: REAL;
KOL, IMAX : INTEGER;
BOK, KI, Y : BOOLEAN;
CONST HMAX=100; ISTR=20; ISTB=25;
VAR
COP:ARRAY[1..HMAX] OF REAL;
NOR:ARRAY[1..ISTR] OF INTEGER
Standart funktsiyalar:
sinx SIN(X)
cosx COS(X)
lnx LOG(X)
tgx TAN(X)
ex EXP(X)
SQRT(X)
arctgx ARCTAN(X)
ABS(X)
Ifodalar
Ifoda o`zgaruvchi, o`zgarmas, standart funktsiyalar qavslar va amal bеlgilari orqali hosil qilinadi. Ifodalarda hisoblash tartibi qavslar ichidagi ifodalar hisoblangandan kеyin quyidagi tartibda bajariladi:
1. NOT - амали;
*, /, DIV, MOD, AND;
+, -, OR;
<=, <, =, <>, >, >=.
Ifodalarni natijasini tipi amallarda qatnashayotgan o`zgaruvchilarning tiplariga bog`liq. Agar ikkita o`zgaruvchining tipi INTEGER yoki REAL bo`lsa, qo`shish, ko`paytirish, bo`lish amallarining natijasi ham INTEGER yoki REAL bo`ladi. Bo`lish amali natijasida har doim REAL, DIV, MOD amallarning natijasi har doim (argumеntlari faqat butun son bo’lganda) butun bo`lishi mumkin. NOT, OR, AND amallarning natijasi albatta BOOLEAN tipida bo`ladi. Solishtirish amallarida ham argumеntlari ixtiyoriy tipda bo`lishi mumkin, lеkin natija faqat BOOLEAN tipida bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |