Ofis ilovalar;
Elektron tarjima qilish va orfografik xatolarni aniqlash komplekslari;
Hozirgi paytda kompyuter texnologiyalarining katta sur’atlar bilan rivojlanayotgan yo’nalishlaridan biri - dasturiy komplekslarni ishlab chiqishdir. Bunday komplekslardan eng ko’p tarqalganlari korxona va tashkilotlarni boshqarishni avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi ofis - ilovalar (ofisnie prilojeniya) va kompyuter texnologiyalari qurilmalarining ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi utilit-komplekslardir.
Ofis – ilovalar
Bunday komplekslar kompyuterlarda asosan quyidagi amallarni bajarishga imkon beradi:turli matnli ma’lumotlarni tashkil qilish va qayta ishlash (xatlar, hisobotlar, e’lonlar, prays - varaqlar, taklifnomalar);
moliyaviy va kommertsiya hisoblarini bajarish hamda ularga xos turli jadvallarni, ma’lumotlarni tayyorlash;
uxgalteriya hisoblarini bajarish hamda buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash;
elektron pochta bilan ishlash;
grafik ma’lumotlar bilan ishlash;
kadrlarni hisobga olish va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash va h.k.
Keyingi yillarda respublikamizda quyidagi ofis - ilovalar keng qo’llanilmoda.
3.10. Microsoft Office 2000 (Microsoft firmasi mahsuloti)
Tarkibi:
• Word 2000 - matn tahrirchisi;
• Excel 2000 - elektron jadvali;
• Outbook - elektron daftarchasi;
• Power Point - prezentatsiyalar paketi;
• Access - ma’lumotlar bazasi bilan ishlash vositasi;
• Front Page - Web sahifalarini tashkil qiluvchi muharrir;• Photo Draw - turli rasmlar bilan ishlashga imkon beruvchi muharrir;• Picture Publisher – grafik muharrir.
Lotus - Troyka (Lotus Development firmasi mahsuloti)
Tarkibi:
• AmiPro - matn tahrirchisi;
• Lotus 1,2,3 - elektron jadvallari;
• Lotus Organiser - yozuv daftarchasi.
Perfect Office ( Novell firmasi mahsuloti)
Tarkibi:
• WordPerfect - matn tahrirchisi;
• Quattro Pro - elektron jadvali;
• Group Wise - hujjatlarni qayta ishlash vositasi va h.k. vosita.
Do'stlaringiz bilan baham: |