Murojaatlar bo’yicha Web tarmog’i bo’ylab sayohat qilish (murojaatdan murojaatga) odatda serfing deb ataladi.
World Wide Web bo’yicha sayohat qilish va Web-serverlarni ko’rib chiqish texnologiyasi ancha oddiydir.
Buning uchun quyidagicha yo’l tutish lozim:• provayder bilan aloqa o’rnatish;
• Web-brauzer dasturini ishga tushirish;
• kerakli Web-serverning to’liq adresini terish va Enter klavishasini bosish kerak: siz kerakli serverni topasiz;
• sichqoncha bilan kesishadigan murojaat qilish kerak: siz avtomatik ravishda boshqa sahifaga yoki boshqa serverga o’tib olasiz.
Internetda millionlab turli xil ma’lumot manbalari keltirilgan, kerakli mavzudagi ma’lumotni qidirishni samarali algoritmi еsa hozircha ishlab chiqilmagan. Tarmoqda hosil bo’layotgan tizimli ma’lumotlarning taqchilligi qisman boshqa manbalar bilan, xususan bosma kataloglar bilan qoplanadi. Bugungi kunda kerakli ma’lumotni manbasini qidirib ma’lumotnomani varaqlash Internetning bepoyon dunyosini tor ko’chalari bo’yicha daydib yurishdan ko’ra tezroq va arzonroq bo’ladi.
Tarmoq resurslari bo’yicha еng ommaviy ma’lumotnomalardan biri Xarli Xanning "Internetning sariq sahifalari" dir. "Sariq sahifalarning" tiraji million nusxadan oshadi; kitob jahondagi bozori chaqqon kompyuter adabiyoti ro’yxatida birinchi qatorlarda mustahkam turadi. Kitobning hozirgi nashri 200 ta mavzuli bo’limlarni o’z ichiga olib, unda tarmoqning 5000 ta uzeli bo’yicha mavzuga mo’ljallangan annotatsiya keltirilgan. Bu ma’lumot tarmoqning o’zi kabi juda rang-barangdir, bu erda: biznes va siyosat, sayohat va maishiy xizmatlar, teatr va kutubxonalar, ishga joylashish va o’yin-kulgular. Bu kitob faqatgina katalog еmas, balki Internetning axborot resurslari еnciklopediyasidir, ular tijorat asosida еmas balki foydalilik belgisi bo’yicha yig’ilgan. 1996 yidda birinchi marta kitobning ruscha nashri chiqarilgan: Xarli Xan (Jeltoe stranica Internet. Mejdunarodnoe resursi. Internetning sariq, sahifalari. Xalqaro resurslar).
Do'stlaringiz bilan baham: |