Netscape Navigator va Internet Explorer brauzerlarining asosiy funktsional imkoniyatlari:
• WWW ni ko’rib chiqish uchun grafikli qulay interfeys;
• foydalanuvchilar bilan, boshqa tillar bilan bir qatorda rus tilida muloqat qilish imkoniyati (brauzerlarning oxirgi versiyalarida);
•еlektron pochta;
• fayllarni jo’natish;
•telekonferentsiyalar, yangiliklarni nashr qilish va ko’rib chiqish;
• fayllar bilan matnli formatda ham, HTML formatida ham ishlash;
• xat-cho’plar tizimini shakllantirish;
• shriftlarni o’rnatishning kengaytirilgan imkoniyatlari;
• turli hujjatlar bilan ishlash uchun bir vaqtning o’zida bir nechta oynachalarni qo’llab-quvvatlash va oynachalarni freymlarga bo’lib chiqish imkoniyati;
• tarmoq bo’yicha o’tayotgan hujjatlarni bufer xotirasiga yozish (kеshlash);
• modulli dasturlashtirish tillarini qo’llab-quvvatlash (masalan, Java va ActiveX tillari);
• ko’p sonli еlektron ma’lumotnoma materiallarining borligi;
• ko’p sonli testlash dasturlarining («beta-testlar» deb ataladigan) borligini ta’minlaydigan yuqori ishonchlilik.
Aslini olganda, ikkala brauzer ham doimiy ravishda o’ziga xos tarmoq operatsion tizimiga aylanmoqda. Ular ochiqdir, ya’ni amaliy dasturlashtirishning interfeyslari bilan ta’minlangan; ular uchun o’nlab va yuzlab ilovalar — Netscape Navigator va Internet Explorer muhitida ishlovchi dasturlar yozilmoqda; ular yordamida foydalanuvchini qiziqtirgan deyarli hamma narsani qilish mumkin (yoki qilsa bo’ladi); Netscape Communication firmasi halitdanoq Gallio nomi ostida Netscape Navigator 4.0 yangi versiyasini afisha qildi, Microsoft firmasi brauzerining yaqin oradagi versiyasi — Internet Explorer 4.0.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni topish uchun kuchliroq vositalar — bu ma’lumotnoma-qidiruv tizimlaridir. Ular juda ko’p sonlidir va allaqachon Internetda jadal ishlatilmoqda.
Ma’lumotnoma-qidiruv tizimlarining hamma mavjud tiplari tarmoqda bor bo’lgan bir jinsli bo’lmagan ma’lumotlar to’plamini o’rniga ishlaydi, lekin ma’lumotlarni tasvirlashni turlicha qidirish mexanizmlarini ishlatadi. Ularni shartli ravishda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
• Web-qidiruv tizimlari; ; J
• kataloglar; T
• еlektron pochta adreslarining ma’lumotlar bazasi;
•Gopher arxivlarida qidirish vositalari;
•FTP-fayllarni qidirish tizimlari;
• Usenetda qidirish tizimlari.
WWW uchun Web-qidiruv tizimlari ancha tavsifliroqdir bu, HTTP bayonnomasi bilan birlashtirilgan «butun dunyo o’rgimchak uyasi» kengligida qidirishni amalga oshirishga imkon beradigan, ma’lumot tizimlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |