Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Taqrizchilar:
Eshmetov I.D. – O‗zFA, Umumiy va noorganik kimyo instituti professori, ―Kolloid kimyo va sanoat ekologiyasi‖ laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori (DSc); Matchanov A.D. – O‗zFA, Bioorganik kimyo instituti professori, ―Eksperimental texnologiyalar‖ laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori (DSc); Qosimov Sh.I. – Guliston davlat universiteti, ―Kimyo‖ kafedrasi katta o‗qituvchisi, falsafa (kimyo) fanlari doktori (PhD). ©Guliston davlat universiteti, 2022 3 ANNOTATSIYA ―Kolloid kimyo‖ nomli ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining kimyo taʻlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan talabalarga moʻljallangan va ―Kolloid kimyo‖ fanidagi yangiliklar va oxirgi vaqtda qoʻlga kiritilgan yutuqlarni inobatga olgan holda yozilgan. Hozirgi kimyoviy sanoat rivojlanayotgan davrda kolloid kimyo - aniq bir yangi mahsulot olish va uning texnologiyasini yaratishda, kimyo sanoatida, shuningdek, qishloq xoʻjaligida, oziq-ovqat texnologiyasida zarur boʻlgan mahsulotlar olish, ularni tahlil qilishda katta ahamiyatga egadir. Ushbu qoʻllanmaning asosiy vazifasi fanning zamonaviy holatini chuqur tushunish, talabalarda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ular olgan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish koʻnikmalarini hosil qilishdan iboratdir. Amaldagi namunaviy dastur asosida tuzilgan ushbu oʻquv qoʻllanma zamonaviy talablarga javob berishini hamda talabalarning fanni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishi uchun uslubiy jihatdan toʻgʻri yondoshilganligini va shular asnosida, texnolog xodimlarning ham ―Kolloid kimyo‖ fanidan nazariy bilimlarini yuksalishida muhimligini ta‘kidlash oʻrinli hisoblanadi. Oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tayyorlangan boʻlib, kimyo, shuningdek, oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) va biotexnologiya (oziq-ovqat, kimyo va qishloq xoʻjaligi) yoʻnalishi talabalari foydalanishi mumkin. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling