Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
4 KIRISH Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida ishlab chiqarish kо‗lamining о‗sishi va yangi texnologiyalarning paydo bо‗lishi fundamental va kimyoviy fanlarni, jumladan, ―Kolloid kimyo‖ fanidan chuqur bilimga ega bо‗lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni talab qiladi. Kolloid kimyo zamonaviy texnologiyalar asosida qurilish va konstruksion materiallarni (beton qotishma, keramika, shisha, rezina, plastika, surkov moy va boshqalar) ishlab chiqarishda ham katta о‗rin tutadi. О‗zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon о‗tgan davr mobaynida kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari hamda boshqa turdosh sanoat korxonalari zamon talablaridan kelib chiqqan holda takomillashib bormoqda. Bu esa ilm-fanni rivojlantirishni, nazariy va amaliy bilimlarni kengaytirishni, olingan natijalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni taqozo etadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kо‗rsatilgandek, bunday masalalarni chuqur bilimli, yetuk, yuqori malakali yosh avlod amalga oshiradi. О‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim tо‗g‗risidagi qonun‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖dan kelib chiqqan holda о‗qish sifatini yangi bosqichga kо‗tarishda zamonaviy о‗quv adabiyotlar va darsliklar zarur bо‗ladi. Ushbu «Kolloid kimyo» nomli oʻquv qoʻllanma mualliflari tomonidan ba‘zi bir mavzularni bayon qilishda iloji boricha uskunalarni chizmalarini sodda va tushunarli boʻlishiga, nazariy qonuniyatlar va hodisalarni tushuntirishda kimyo va oziq-ovqat sohalaridan misollar keltirishga harakat qilindi. Aksariyat hollarda yoritilayotgan mavzu yoki jarayonlarning mexanizmini ochishga, texnologik va tahliliy jarayonlarning turli sohalarida ularning amaliy ahamiyati va qoʻllanilishini koʻrsatishga harakat qilindi. Shuningdek, mazkur oʻquv qoʻllanmada yuqori molekulyar birikmalar kimyosiga va nanotexnologiya hamda nanokimyoga oid nazariy ma‘lumotlarga ham ahamiyat berildi (ayniqsa, hozirgi vaqtda mikrogeterogen sistemalar yoki nanotexnologiya), chunki har qanday (kimyoviy va texnologik) jarayonni yuqori molekulyar birikmalar kimyosi yordamisiz tahlil qilish mushkul. Har bir mavzuga oid qisqacha atamalar mavzu soʻnggida berildi. Har qaysi bob oxirida esa talabalarning olgan bilimlari mustahkamligini oʻzlari nazorat qilishlari hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun shu bobga tegishli savollar berildi, shuningdek, talabaning oʻzlashtirish tartibiga rioya qilingan holda har bir mavzu paragraflarda keltirildi. Albatta ushbu oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining kimyo yoʻnalishi talabalari bilan bir qatorda, oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari boʻyicha) hamda biotexnologiya (oziq-ovqat,kimyo va qishloq xo ʻ jaligi) yoʻnalishlari, shuningdek, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kabi turdosh yoʻnalish talabalarining ham kolloid kimyoni oʻrganishlaridagi koʻmakdoshi boʻla oladi degan umiddamiz. Mualliflar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling