Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Boʻkish bosqichlari sxemasi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

116-rasm. Boʻkish bosqichlari sxemasi
а – polimer- erituvchi sistemasi boʻkishga 
qadar; b – boʻkishning birinchi bosqichi; v – boʻkishning ikkinchi bosqichi; g – qisman 
polimerning erishi kuzatiladigan boʻkishning ikkinchi bosqichi.
 
Boʻkishning birinchi bоsqichida (116-rasm,b) pоlimer hajmi оrtishi bilan 
sistemaning hajmi bir оz kamayadi (kоntraktsiya). Ikkinchi bоsqichda boʻkuvchi 
pоlimerning hajmi dastlabki hajmga nisbatan оrtadi (116-rasm,v), birоq bu 
bоsqichda pоlimer qisman erishi ham mumkin(116-rasm,g). Koʻrinib turibdiki
boʻkish erish oldidan boʻladigan kinetik effektdir. Boʻkish chekli va cheksiz 
boʻladi: 
Cheksiz boʻkish. Yuqorida aytib oʻtilganidek cheksiz boʻkish erishning 
birinchi bosqichi boʻladi, soʻngra polimer zanjirlari bir-biridan ajraydi va 
quyimolekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi. Polimerga erituvchi 
qoʻshilganda suyuqlik molekulalari polimer orasiga kira boshlaydi va polimer 
zanjirlarini bir-biridan ajratadi, ya‘ni boʻkish sodir boʻladi. Bunda, kam 
harakatchan boʻlgan makromolekulalarning quyi molekulyar suyuqlik fazasiga 
tarqalishi esa ma‘lum vaqt talab qiladi. Demak, polimerning erish jarayonidan 
oldin doim boʻkish kuzatiladi. 
Boʻkkan polimer, ya‘ni quyi molekulyar suyuqlikning polimerdagi eritmasi
ma‘lum vaqt toza suyuqlik bilan birgalikda mavjud boʻla oladi. Soʻngra 
makromolekulalar bir-biridan ajrala boshlaydi va asta-sekin erituvchi molekulalari 
orasiga tarqab bir jinsli eritma hosil qiladi. 
 Chekli boʻkish. Boʻkish har doim ham erish bilan yakunlanmaydi. Buning 
sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir. Natijada jarayon oxirida 
sistemada ikkita faza: yuqori molekulyar birikmaning erituvchidagi toʻyingan 
eritmasi va erituvchining polimerdagi toʻyingan eritmasi (iviq) hosil boʻladi. 
Chiziqli va toʻrsimon polimerlarning boʻkishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli 
polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga oʻxshashdir, 
masalan, ma‘lum sharoitda (ya‘ni harorat yoki komponentlar konsentratsiyasining 
ma‘lum qiymatida) chekli boʻkish cheksiz erishga oʻtishi mumkin. 
Chekli boʻkishning sababini quyidagicha tushuntirish mumkin, ya‘ni: polimer 
zanjirlarining oʻzaro ta‘sirlashish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan 
ta‘sirlashish energiyasidan yuqoriroq boʻladi, natijada zanjirlar bir-biridan toʻliq 


223 
ajramaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bogʻlarni uzadi va 
chekli boʻkishga oʻtadi. Chekli boʻkishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining 
choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer toʻrsimon moddaga aylanib qoladi 
va molekulalararo kimyoviy bogʻlar polimer molekulalarining eritmasiga oʻtishiga 
xalaqit qiladi. Boʻkish jarayoni boʻkish darajasi α bilan tavsiflanadi: 
0
0
m
m
m



yoki
0
0
V
V
V



yoki
0
0
m
V
V



bu yerda, 

- polimerning boʻkishgacha boʻlgan massasi va hajmi; 
– 
polimerning boʻkkandan keyingi massasi va hajmi. 
Boʻkish darajasi α vaqt bilan belgilanadi. Polimer boʻkishining kinetik egri 
chizigʻi quyidagi 117-rasmda keltirilgan. Egri chiziqning absissa oʻqiga parallel 
boʻlgan qismiga toʻgʻri kelgan qismi maksimal yoki muvozanatli boʻkish darajasi 
α
maks 
deyiladi, shuningdek, α
maks
qiymati polimerning boʻkishga boʻlgan 
qobiliyatini miqdoriy baholovchi oʻlchov birligi hisoblanadi.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling