Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Polimerlarning erish kinetikasi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

118-rasm. Polimerlarning erish kinetikasi. 
Yuqori molekula birikmalarning boʻkishi va erishi ularning molekulyar 
massasiga bogʻliqdir. Molekulyar massa, qanchalik katta boʻlsa, boʻkish va erish 
ham shunchalik qiyin boʻladi. Molekulyar massaning kamayishi bilan polimerning 
erishi, quyi molekulyar birikmalarning erishiga oʻxshab boradi. Masalan, obdon 
destruktsiyalangan kauchuk boʻkmay turib eriy boshlaydi. 
Makromolekulaning oʻlchami katta boʻlganligidan polimerning boʻkish va 
erish jarayonlari uzoq vaqtga choʻziladi. Polimerni ma‘lum vaqt oraligʻida tarozida 
tortish yoki uning hajm oʻzgarishini maxsus asbobda oʻlchash yoʻli bilan 
polimerning boʻkish jarayoni kinetikasini oʻrganish mumkin.


227 
119- rasm. Har xil turdagi boʻkish kinetikasini ifodalovchi egri chiziqlar
119-rasmda boʻkish jarayonining kinetikasini ifodalovchi tipik egri chiziqlar 
keltirilgan. 119-rasmdagi 1, 2, 4-egri chiziqlar chekli boʻkishni, 3-egri chiziq esa 
cheksiz boʻkishni koʻrsatadi. Boʻkish darajasining yuqori qiymatga ega boʻlish 
vaqti turli polimerlar uchun turlicha ekanligi ham rasmdan koʻrinib turibdi. 
Masalan, ba‘zi polimerlarda boʻkish tez (1-egri chiziq), boshqalarida esa sekin (2-
egri chiziq) boradi.
Cheksiz boʻkadigan polimerlar vaqt oʻtishi bilan eriydi (3-egri chiziq). Bu 
holda garchi egri chiziqda maksimum boʻlsa-da, boʻkish darajasining maksimal 
qiymati toʻgʻrisida fikr yuritib boʻlmaydi. Chunki ma‘lum vaqtdan soʻng boʻkkan 
polimer eritma tarkibiga toʻliq oʻtib eriydi. 
Shunday qilib, boʻkish egri chiziqlaridan koʻrinib turibdiki, polimerning 
molekulyar massasi qanchalik kichik va kam tarmoqlangan boʻlsa, unda 
molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchsiz boʻladi va polimer bilan erituvchi oʻrtasidagi 
termodinamik moyillik qanchalik katta boʻlsa, boʻkish darajasining maksimum 
qiymati shunchalik kichik boʻladi. Komponentlar oʻrtasidagi termodinamik 
moyillik sistemaning erkin energiyasi va ularning kimyoviy potensiali 
qiymatining oʻzgarishiga bogʻliq 
boʻladi. 
Molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchli va molekulyar massasi juda katta boʻlgan 
ba‘zi polimer (masalan, oqsil) lar juda sekinlik bilan eriydi. Bunday polimerlarning 
boʻkish darajasining maksimum qiymati juda uzoq vaqt oʻzgarmasdan saqlanib 
qoladi. Chekli boʻkadigan polimerlarni eritish uchun harorat darajasini oshirish
sistemani aralashtirib turish bilan molekulalararo oʻzaro ta‘sir kuchini kuchaytirib, 
polimer makromolekulasini harakatchanligi oshirilsa, ularning erishi tezlashib 
boradi. 
Shunday qilib, yuqori molekulyar birikmaning cheksiz boʻkishi, ya‘ni 
polimerning erishi ikki suyuqlikning oʻzaro cheksiz aralashishi kabi boʻladi. 
Sistemadagi bir komponent molekulasining egiluvchan uzun zanjirli tuzilishiga ega 
ekanligi yuqorida keltirilgan ikki jarayon orasidagi farqqa sabab boʻladi. 


228 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling