106
oʻlchamidan katta masofalarda ham oʻz ta‘sirini koʻrsata olsa, bunda
polimolekulyar adsorbsion qavatlar hosil boʻlishi mumkin.
Buni Polyanining
polimolekulyar adsorbsion nazariyasi asosida tushuntirish mumkin.
Polyanining polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi quyidagilarga asoslanadi:
Adsorbsion kuchlarning tabiati kimyoviy emas,
sof fizikaviy kuchlardan
iborat. Gazning adsorbsiyalanishi yuzaning faqat aktiv markazlarida emas,
balki barcha adsorbent yuzasida roʻy beradi.
Adsorbent sirtida aktiv markazlar yoʻq, adsorbsion
kuchlar adsorbent sirti
yaqinida ta‘sir etadi, bunda oʻz ta‘sirini koʻrsata oladigan potensial maydon
yuzaga chiqadi, ammo sirtdan juda uzoq masofalarda bu potensialning ta‘siri
nolga teng boʻladi.
qattiq jism yuzasida adsorbsion kuchlar
gazning bitta molekulasi
oʻlchamligiga qaraganda kattaroq boʻlgan masofada ta‘sir etadi va adsorbsion
potensial maydonini hosil qiladi.
adsorbent
sirtiga
yutilgan
modda
monomolekulyar
qavat
emas,
polimolekulyar adsorbsion qavat hosil qiladi. Shu sababli,
adsorbent ustida
adsorbsion
hajm mavjud boʻladi.
gaz molekulalarining adsorbent sirtiga tortilishi adsorbsion fazada boshqa
molekulalarning bor-yoʻqligiga bogʻliq emas.
adsorbsion kuchlar temperaturaga bogʻliq emas, ya‘ni
temperatura
oʻzgarganda adsorbsion hajm oʻzgarmaydi.
Polimolekulyar adsorbsiyaning izotermasi 53-rasmda keltirilgan. Egrini A
nuqtasigacha boʻlgan chiziq monomolekulyar adsorbsiyani (
Lengmyur sohasi)
izohlaydi, A nuqtadan boshlab polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi boʻyicha
tushuntiriladi.