Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Eritma sirt tarangligining konsentratsiyaga bogʻliqligi
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
56-rasm. Eritma sirt tarangligining konsentratsiyaga bogʻliqligi
: 1-sirt faol modda uchun; 2-sirt tarangligi oʻzgarmas boʻlgan modda uchun; 3-sirt nofaol modda uchun Suyuqlik sirtida moddalarning yigʻilish miqdoriga qarab musbat va manfiy adsorbsiya sodir boʻladi: Musbat adsorbsiyada moddalar suyuqlik sirtida toʻplanishi bilan birga yutiladi va suyuqlikning sirt tarangligini kamaytiradi. Musbat adsorblanadigan moddalar (murakkab efirlar, ketonlar, yuqori molekulali kislotalar, xolesterin, oqsillar va boshqalar) sirt-faol moddalar hisoblanadi. Manfiy adsorbsiyada moddalar suyuqlik sirtidan siqib chiqariladi, diffuziya yordamida butun suyuqlik hajmiga tarqalib, suyuqlikning sirt tarangligini oshiradi. Manfiy adsorbsiyalanadigan moddalar (anorgaiik tuzlar, uglevodlar va boshqalar) sirt-nofaol moddalar hisoblanadi. Moddalarning musbat va manfiy adsorbsiyasi moddalarning tirik organizmlarning hujayra membranalari orqali oʻtishini osonlashtiradi. Moddalarning musbat va manfiy adsorbsiyasi modda almashinuv jarayonida va oʻsimliklarda sodir boʻladigan fotosintez jarayonlarida katta rol oʻynaydi. Masalan, steroid, murakkab efirlar va boshqa gidrofob (qutblanmagan) moddalar tirik organizmning hujayra membranalarida toʻplanadi, bunda ularning membranalardan oʻtishiga adsorbsiya jarayoni yordam beradi. Ba‘zi moddalar molekulasida ham gidrofil (qutbli), ham gidrofob (qutbsiz) guruh atomlarining boʻlishi ularni suvli eritmalaridagi adsorbsiyalarning xususiyatini oʻzgartiradi va bu molekulalar difil molekulalar deb ataladi. Sirt-faol modda mоlekulalari tuzilishining xarakterli xususiyati ularning difilligidir. Difil (оdatda оrganik) mоlekulalar ikki qismdan tashkil tоpadi: qutbli (karboksil ioni) guruh va qutbsiz (uglevоdоrоd radikallari) guruh. Masalan, sirka kislota molekulasida - guruh gidrofob, guruh esa gidrofil hisoblanadi. Qutbli guruhga dan tashqari va lar ham kiradi. Bu guruhlar yaxshi gidratlanadi, ya‘ni gidrоfil guruhni tashkil etadi. Qutbli guruhlardan farqli ravishda uglevоdоrоd radikallari gidrоfоbdir va ular qutbsiz suyuqlik mоlekulalarida sоlvatlanadi. Bu moddaning gidrofil xossasi yuqori boʻlmagani uchun, molekulalar adsorblanib, suvda yaxshi 112 eriydi. Kislotalarning keyingi vakillarida va h.k.) molekulaning gidrofob xossasi ortib borishi hisobiga suvda eruvchanligi kamayadi va sirt tarangligi ancha pasayadi. Moddalarning bu xususiyatiga qarab suvda yaxshi va yomon erishini aniqlash mumkin. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling