126
va anionlardan toʻliq tozalab boʻlmaydi. Suvni kation va anionlardan toʻliq
tozalash maqsadida keyingi yillarda ion almashinish smolalaridan foydalaniladi.
Smolalar oʻz xususiyatiga koʻra ikkiga:
kationitlar va
anionitlarga boʻlinadi. Agar
adsorbent yutilgan tuz ionlari oʻrniga eritmaga vodorod yoki
gidroksil ionlarini
chiqarsa, gidrolitik adsorbsiya boʻladi. Masalan, NaCl,
KCl tuzlarining yutilishi
natijasida eritmada
ionlari koʻpayadi
Kationitlarning sirt qismi manfiy zaryadga ega boʻlib, oʻziga faqat
kationlarni qabul qilib, eritmaga vodorod kationlarini chiqaradi:
Anionitlar eritmadan oʻziga faqat anionlarni qabul qilib, gidroksil ionlarini
chiqaradi:
Kationitni qaytadan tiklash (regeneratsiya qilish) maqsadida sulfat yoki
xlorid kislotalarning 5% li eritmasi bilan yuviladi.
Anionitlarni qaytadan tiklash maqsadida KOH yoki NaOH ning 5% li
eritmasi bilan yuviladi.
Suvni ion almashinuvchi smolalar yordamida tozalash xalq xoʻjaligining
koʻp tarmoqlari (qand, ichimliklar,
kimyoviy reaktivlar, dori preparatlari ishlab
chiqarish) da, ayniqsa, yuqori bosimda ishlaydigan suv qozonlari uchun katta
ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: