Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
V BOB. KOLLOID SIST EMALARNING ELEKTR XОSSALARI VA
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlish mexanizmlari.
- 65-rasm. Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlish sxemasi
V BOB. KOLLOID SIST EMALARNING ELEKTR XОSSALARI VA
QOʻSH ELEKTR QAVATNING TUZILISHI. KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA KOAGULYATSIYASI. 11-§. ZОLLARNING ELEKTR XОSSALARI. 11.1-§. Dispers sistemalardagi elektrokinetik hodisalar. Elektroforez va elektroosmos. Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlish mexanizmlari. Fazalararo sirtda sodir boʻladigan elektr hodisalar (xuddi adsorbsiya kabi) ortiqcha sirt energiyaning fazalar orasidagi oʻzaro ta‘sir kuchlarining mavjudligi natijasida kelib chiqadi. Geterogen sistemalar oʻzlarining sirt energiyalarini kamaytirishga intilishlari natijasida sirt qavatdagi qutbli molekulalarning, ionlar yoki elektronlarning harakati ma‘lum yoʻnalishda oʻzgaradi, ya‘ni ionlar kimyoviy-potensiali katta boʻlgan fazadan kimyoviy potensiali kichik boʻlgan fazaga oʻtadi. Natijada bir- biriga tegib turgan fazalar chegarasida kattalik jihatidan oʻzaro teng, lekin qarama- qarshi ishorali zarrachalar qavati hosil boʻladi. Shunda oʻzining potensialiga, zaryadiga va boshqa xossalariga ega boʻlgan qoʻsh elektr qavat vujudga keladi va muvozanat holat qaror topadi. 131 65-rasm. Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlish sxemasi Elektrоkinetik hоdisalarni dispers faza sirtida qoʻsh elektr qavat, ya‘ni dispers faza va dispers muhit oʻrtasida pоtensiallar farqi hоsil boʻlishi bilan tushuntirish mumkin. Agar dispers faza bir xil ishоrali zaryad tashisa, suyuq muhit qarama- qarshi ishоrali zaryadga ega boʻladi. Tashqi elektr maydоn ta‘sirida bu fazalar bir- biriga nisbatan harakatga keladi. Masalan, manfiy zaryadlangan dispers faza zarrachasi elektr maydоn ta‘sirida anоdga tоmоn harakatlanadi. Suyuqlikdan kapillyarga pоtensiallar ayirmasining qoʻshilishi tufayli musbat zaryadlangan iоnlar suyuqlik bilan birga katоdga tоmоn harakatlanadi (65-rasm). Qoʻsh elektr qavatning hosil boʻlishini tushuntiradigan uchta mexanizm taklif qilingan: Ion yoki elektron holatdagi zaryadning bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, masalan, gaz faza bilan chegaralanib turgan metall oʻz ionlarini gaz fazaga bera oladi. Metalldan ionning chiqib ketish tezligi esa temperaturaga bogʻliq va temperatura oshgan sari uning chiqib ketish intensivligi ham oshib boradi. Fizika fani nuqtai-nazaridan bu hodisa termoelektron emissiya deb ataladi. Elektronlarning chiqib ketishi oqibatida metallning sirti musbat zaryadga, gaz faza esa manfiy zaryadga ega boʻlib qoladi va qoʻsh elektr qavat hosil qiladi. Demak, eritmaga biror faza tushirilsa, eritmadan oʻsha tushirilgan faza moddasi tarkibiga kirgan element ionlari birinchi navbatda tushirilgan fazaga adsorbsiyalanadi. Qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishining ikkinchi mexanizmi qattiq faza tarkibiga kirmaydigan ionlarning fazalararo sirtga tanlanib adsorbsiyalanishidan iborat. Bunda sistemaga aralashib qolgan qoʻshimcha moddalar tarkibidagi ionlar adsorbsiyalanadi. Masalan, metall-suv sistemasiga osh tuzining eritmasi qoʻshilsa, metall sirtiga xlorid ionlar tanlab adsorbsiyalanadi. Buning natijasida metall sirtida ortiqcha manfiy zaryad (xlorid ionlari qavati) va eritmaning metall sirtiga yaqin joyida natriy ionlaridan iborat musbat zaryad qavati hosil boʻladi. Bular ham qoʻsh elektr qavat hosil qiladi. Qoʻsh elektr qavat hosil boʻlishining uchinchi mexanizmida ikki fazadan iborat boʻlgan sistemaga ionlarga ajralmaydigan modda qoʻshilgan boʻlib, u fazalar 132 chegarasida adsorblana olmasin. Bunday hollarda fazalarni tashkil qilgan moddalar tarkibidagi qutbli molekulalar oʻz vaziyatini biror bir faza tomonga oʻzgartirib, chegara sirtga manfiy yoki musbat ishorali zaryad beradi. Qaysi ishorali zaryad berishi esa bir-biriga tegib turgan ikki fazadan iborat sistemaning dielektrik singdiruvchanligiga bogʻliq boʻladi. Qaysi birining dielektrik singdiruvchanligi katta boʻlsa, oʻsha faza musbat zaryadlanadi. Agar suv bilan qattiq jism sistemasini oladigan boʻlsak, u holda suvning dielektrik konstantasi (ya‘ni singdiruvchanligi) katta boʻlgani uchun ( 81) suv va qattiq jismdan iborat sistemada hosil boʻlgan qoʻsh elektr qavatda suvga tushirilgan qattiq modda sirti manfiy zaryadga suv sirti esa musbat zaryadga ega boʻladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling