Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66-rasm. Reyss tajribasining sxemasi.
- 67-rasm. Reyssning ikkinchi tajribasining sxemasi.
Elektroforez
va elektroosmos. Umuman, dispers sistemalarning zarrachalarida elektr zaryadi borligini 1808-yilda Moskva universitetining professori Reyss topgan. U shunday tajriba oʻtqazgan (66-rasm). Agar suvga toʻldirilgan ikkita shisha trubalar olib, ularni loyning ichiga tiqib qoʻyib, ularga elektrodlar orqali tok bersa, musbat elektrod qoʻyilgan trubkadagi suv loyqalanib qolgan, manfiy zaryadli suv esa tiniqligicha qolavergan. Bu shuni koʻrsatadiki, loyning zarrachalari elektr maydonida musbat zaryadga qarab intilgan. Zarrachalarning elektr maydonidagi oʻtish tezligi esa berilgan toklarning kuchiga va loyning elektr oʻtkazuvchanligiga toʻgʻri proporsional boʻlib, loyning qovushqoqligiga esa teskari proporsional boʻlgan. Zarrachalarning elektr maydonidagi harakati elektroforez yoki katoforez deb atalgan. 66-rasm. Reyss tajribasining sxemasi. Reyssning ikkinchi tajribasi esa, maydalangan (poroshok) ya‘ni kvars kukunida oʻtkazilgan. Agar tutash idishga kvars kukunini solib (u diafragma 133 oʻrnida foydalaniladi), unga suv toʻldirib, elektr tokini bersak unda tutash idishning manfiy zaryadli tomoni koʻtarila boshlaydi. Bunda ham elektroforezga oʻxshab suv koʻtarilishi qoʻyilgan toklarning kuchiga, dielektrik oʻtkazuvchanligiga toʻgʻri proporsional, diafragmaning qovushqoqligiga esa teskari proporsional boʻladi. Bu hodisa elektroosmos deb ataladi (67-rasm). Bu hodisalarning sababi qattiq jism bilan suyuqlik fazalaridagi har xil zaryadlarning mavjudligidir. 67-rasm. Reyssning ikkinchi tajribasining sxemasi. Elektroforez hodisasida loyning kichkina zarrachalari elektrodlar orasida hosil boʻlgan elektr maydoniga dispers fazaning zaryadlangan zarrachalari musbat elektrodga boradi. Elektroosmosda qumning zarrachalari loynikiga qaraganda ancha ogʻir boʻlgani uchun ular harakat qilolmay elektr maydoni ta‘sirida qum qavatlarida hosil boʻlgan kapillyarlar orqali manfiy elektrod tomon musbat zaryadlangan suyuqlik harakat qiladi. Shuning uchun ham manfiy zaryadli elektrod qoʻyilgan tutash idishning ustuni balandga koʻtariladi. Bu hodisalar, umuman kolloid zarrachalarning zaryadlanishi, elektroforez hodisalarning hammasi kolloid sistemalarda ionlar yordamida qoʻsh elektr qavatining mavjudligi sababidan yuz beradi. Elektroosmos yoʻnalishiga qarab suyuqlik zaryadi ishorasini aniqlash mumkin. Rus olimlari I.Jukov va B.Nikolskiy elektroosmos hodisasidan foydalanib suvni tozalash usulini topdilar. Elektroforezning chiziqli tezligi quyidagicha aniqlanadi: E u 0 134 bu yerda, dielektrik konstantasi, F m yoki boʻlib, sistemasida, dielektrik konstantasining vakuumdagi qiymatini koʻrsatadi; sistemada ning qiymati 1 ga teng, qovushqoqlik. Ushbu tenglama Gelmgols-Smoluxovskiy tenglamasi deb yuritiladi. Elektroforez usulidan foydalanib kolloid sistemalarning dzeta-potensialini aniqlash mumkin. Dzeta-potensialni hisoblab topish uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin boʻladi: E ul К bu yerda, - dzeta-potensial, - suyuqlikning qovushqoqligi, u- kolloid zarrachaning elektroforezdagi chiziqli tezligi, E- berilgan potensiallar ayirmasi, l- ikki elektrod oraligʻidagi masofa, ya‘ni kapillyar uzunligi, K 4 (silindrik shakldagi zarrachalar uchun) K 6 (kichik sferik zarrachalar), - suyuqlikning dielektrik konstantasi. Elektroforezni tekshirish natijasida kolloid zarracha qanday zaryadga ega ekanligini va dzeta-potensial qiymatini aniqlash mumkin. Silindrik shakldagi zarrachalarning dzeta-potensialini aniqlash uchun H u 4 formuladan, shuningdek, sferik shakldagi zarrachalar uchun H u 6 formuladan foydalaniladi. Bu yerda, (E- potensiallar ayirmasi; l- elektrodlalaro masofa, - qovushqoqlik). Dzeta – potensial qiymati eritmadagi elektrolit ionlar konsentratsiyasiga va ularning zaryadiga bogʻliq. Elektrolit konsentratsiyasi qanchalik katta boʻlsa, dzeta - potensial qiymati shunchalik kichik boʻladi. Diffuzion qavatdagi barcha qarshi ionlar adsorbsion qavatga oʻtib ketsa, dzeta- potensial qiymati nolga teng boʻlib qoladi. Laboratoriyadagi tadqiqot ishlarida dzeta-potensialni aniqlash uchun solishtirma elektr-oʻtkazuvchanlikni oʻlchashdan foydalanish qulay boʻlanligi 135 sababli Gelmgols-Smoxulovskiy formulasi quyidagi shaklga keltirilib yozilishi mumkin: 0 l к bu yerda, solishtirma elektr oʻtkazuvchanlik, hajmiy tezlik, ya‘ni ga teng boʻladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling