Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 74-rasm. Qoʻsh elektr qavat sxemasi.
Qoʻsh elektr qavat tuzilishining hozirgi zamon nazariyalari. Qoʻsh elektr
qavatning hozirgi zamon ta‘limotiga koʻra suyuq va qattiq fazalar bir-biriga nisbatan harakatlanganda ularning oʻzaro ishqalanish tekisligi qattiq fazadan ma‘lum masofada yotadi. Kolloid zarrachalar katta sirtga ega boʻlganligi uchun ularga ionlar osongina adsorblanadi. Adsorblangan ionlar kolloid eritmalarning barqarorligiga katta ta‘sir etadi. Kolloid eritma ichidagi barcha zarrachalar bir xil musbat yoki manfiy boʻladi, bu zarrachalar bir-biridan qochadi, natijada kolloid eritma barqarorlashadi. Zaryadlangan kolloid zarracha sirti eritmadan qarama-qarshi zaryadli ionlarni tortib olishga intiladi. Buning oqibatida qattiq jism bilan suyuqlik oʻrtasida, xuddi kondensatordagi kabi, qarama-qarshi zaryadli ionlar qavati, ya‘ni qoʻsh elektr qavat vujudga keladi. 2-3 molekula qalinlikdagi suyuqlik qavati fazalar oʻzaro harakatlanganda qattiq faza bilan birga qoʻzgʻalmas holda saqlanib, u bilan birga harakat qiladi. Boshqacha aytganda, kolloid zarracha sirtida adsorbsion qavat hosil boʻlib, bu qavatga faqatgina qattiq faza zaryadiga qarama-qarshi zaryadli potensial aniqlovchi ionlargina emas, balki qisman qarshi ionlar ham kiradi va ular qattiq faza bilan birga harakatlanadi. Qarshi ionlarning qolgan qismi diffuzion qavat hosil qiladi. Bu qavatda ionlar konsentratsiyasi kolloid zarrachadan uzoqlashgan sari kamayib boradi (74-rasm). Qoʻzgʻalmas adsorbsion qavatga kirgan qarshi ionlar qattiq fazaning zaryadini qisman kompensatsiyalaydi, ya‘ni bu zaryadni qisman kamaytiradi, xolos. Qattiq faza umumiy potensialining bir qismigina neytrallangan boʻladi. Qattiq faza 146 sirtining umumiy potensiali termodinamik potensial deyiladi. 74-rasm. Qoʻsh elektr qavat sxemasi. U vaqtda qoʻsh elektr qavatning qoʻzgʻaluvchan (diffuziyaviy) va qoʻzgʻalmas (adsorbsiyaviy) qismlari orasida paydo boʻlgan potensiallar farqi elektrokinetik potensial deyiladi va u ξ (dzeta) harfi bilan belgilanadi, shuning uchun dzeta-potensial deb ham ataladi. σ dan koʻrinib turibdiki, elektrokinetik potensial: = – bu yerda, -qoʻzgʻalmas qavatda potensialning kamayishi. Eritmadagi barcha ionlar konsentratsiyasi elektrokinetik potensial qiymatiga ta‘sir etadi. Eritmada ionlar konsentratsiyasi kamaysa, ular qattiq zarracha sirtidan uzoqlashgani sababli qoʻsh elektr qavatning qalinligi ortadi. Qoʻsh elektr qavat kattalashganida qarshi ionlarning bir qismi adsorbsion qavatdan diffuzion qavatga oʻtadi, natijada dzeta-potensial oʻzgaradi. Agar diffuzion qavatdagi ionlarning hammasi adsorbsion qavatga oʻtsa, u holda, qoʻsh elektr qavat qalinligi adsorbsion qavat qalinligiga teng boʻlib qoladi. Bu qavatda dzeta-potensial nolga teng boʻladi, lekin termodinamik potensial oʻzgarmaydi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling