Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
barqarorlikni oshirish muammolari
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
barqarorlikni oshirish muammolari
Kolloid dispers sistemalarning agregativ barqarorlik omillari. Umuman olganda, liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi haqidagi tasavvurlarni beshta quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin: Ionlar yordamida stabillashgan liofob kolloidlarning agregativ barqarorligi elektolit ionining zaryadiga bogʻliq. Shunga koʻra Shuls-Gardi qoidasi B.Deryagin va L.Landauning ― -qonuni‖ shaklida ifodalanadi (bu yerda - ion zaryadi). Bu qonun quyidagicha ta‘riflanadi: kolloid zarrachalarning elektr potensiali oʻrtacha qiymatga ega boʻlgan hollarda elektrolit ionining koagulyatsiyalanish chegarasi ga bog‗liq ravishda oʻzgaradi. B.Deryagin va L.Landau quyidagi formulani taklif qildilar: 6 6 2 3 2 ) ( z e A kT const 159 bu formulada, const-ma‘lum konstanta, - erituvchining dielektrik konstantasi, - Van-der-Vaals kuchlariga oid kattalik (konstanta), - koagulyatsiyani amalga oshiruvchi ionning zaryadi, - Bolsman doimiysi, - elektron zaryadi, - elektrolitning koagulyatsiyalanish konsentratsiyasi. Liofob kolloidlarning agregativ barqarorligiga oid struktur-mexanik omillar haqidagi tasavvurlar (P.Rebinder) quyidagidan iborat: kolloid zarracha sirtida iviqsimon struktura qavat hosil boʻlib, bu qavat yupqalanishga qattiq qarshilik koʻrsatadi; buning natijasida kolloid zarrachalarning Van-der-Vaals kuchlari ta‘sir etadigan masofaga qadar oʻzaro yaqinlashishi qiyinlashadi. Demak, struktur-mexanik jihatdan qaraganda kolloidlarning koagulyatsiyasi zarracha sirtining liofilligiga ham bogʻliq. Kolloid sistemaning agregativ barqaror boʻlishiga ―kengaytiruvchi bosim(p)‖, suyuqlik qovushqoqligining katta-kichikligi, zarracha sirtiga yaqin turgan chegara suyuqlik qavatining polimolekulyar xossalari katta ta‘sir koʻrsatadi. Agregativ barqarorlik omillaridan biri zarrachaning solvatlanishidir. Agregativ barqarorlik omili sistemaning termodinamik xossalaridan kelib chiqadi. Bunda asosiy vazifani sistemaning entropiya omili oʻtaydi. Dispers sistemaning ma‘lum bir sohasida entropiya omili koagulyatsiya jarayoniga qarshilik koʻrsatishi mumkin. Sferik (fazoviy) omillar haqida quyidagicha mulohaza yuritish mumkin. Barqaror kolloid sistemalar hosil boʻlishi uchun dispers faza sirtida stabilizatorning adsorbsion qavatlari boʻlishi kerak. Bir zarrachaning adsorbsion qavati ikkinchi zarrachaning adsorbsion qavatini qoplashi natijasida sistemaning erkin energiyasi ortadi; bu holda ikkala zarracha bir- biriga qarshilik koʻrsatadi, ya‘ni ular birlashmaydi. Agar stabilizator sifatida polimer ishlatilgan boʻlsa, oʻzaro itarilishda entropiya omili ma‘lum ahamiyatga ega boʻladi. Bir soʻz bilan aytganda, dispers sistemalarning barqarorligi, bu dispers fazaning zarrachalarini dispers muhitning hajmida bir xilda tarqalishi va ularning orasidagi oʻzaro ta‘sir kuchlarini vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay qolishidir. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling