Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm. Yuqori molekulyar birikma makromolekulasini adsorbsiyalagan


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

 
81-rasm. Yuqori molekulyar birikma makromolekulasini adsorbsiyalagan 
kolloid zarrachaning mikrobroun harakati: 
a-alohida zarracha;b- zarrachalarning 
bir-biriga yaqinlashishida adsorbsion sirtdagi makromolekulaning bir-biridan itarilishi. 
 
Demak, yuqori molekulyar birikmalarning yoki sirt-faol moddalarning 
zarracha sirtiga adsorbsiyalanishi ularning bir-biri bilan toʻqnashib birikma hosil 
qilishiga qarshilik koʻrsatar ekan (81-rasm,b).
Bunda, shuningdek, makromolekulaning zarracha sirtida mavjudligi oʻz 
navbatida entropiyaning kamayishiga ham olib keladi, chunki bu yerda 
konformatsion zanjir uzunligi va konformatsiyaning kamayishi sistemaning erkin 
energiyasini ham oshiradi, albatta, bu kolloid zarrachaning alohida mavjudligini 
ta‘minlaydi va sistemaning agregativ barqarorligini ta‘minlovchi omil (faktor) 
sifatida xizmat qiladi.
Lekin, sirt-faol modda koʻp miqdorda qoʻshilsa, zarrachalar sirtidagi 
adsorbsion qavatlar batamom toʻyinib ketadi. Natijada sistemaning mustahkamligi 
pasayadi(82-rasm). 


162 
82-rasm. Kolloid himoyaning agregativ barqarorlikka ta’siri sxemasi. 
Bu yerda, sirt-faol modda ma‘lum kontsentratsiyada qoʻshilganida sistema 
maksimal mustahkamlikka ega boʻladi. Bu xulosa nihoyatda katta amaliy 
ahamiyatga sazovor boʻldi. Masalan, qovushqoq qurilish materiallari (sement, 
ohak va gips) turli sirt-faol qoʻshimchalar, masalan plastifikator (olein kislota) va 
hokazolar qoʻshilganida oʻzining barqarorligini oshiradi. 
Tayanch tushuncha va iboralar 
kolloid eritmalarning barqarorligi, kinetik (sedimentatsion) va agregativ barqarorlik
kinetik barqaror, disperslik darajasining kamayishi ikki yoʻl bilan sodir boʻlishi, 
barqarorlikning sababi, koagulyatsiya, sedimentatsiya, koaservatsiya, DLFO nazariyasi, 
yoruvchi bosim, potensial energiya diagrammasi, kolloidlarning barqarorligiga ta‘sir 
qiluvchi omillar, Shuls-Gardi qoidasi, dispers sistemalarning barqarorligini oshirish 
muammolari, sirt faol moddalar bilan stabillashgan zarrachalarning oʻzaro ta‘sirlashish 
sxemasi, yuqori molekulyar birikma makromolekulasini adsorbsiyalagan kolloid 
zarrachaning mikrobroun harakati. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling