Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

17-jadval. 
Platina zolining 
 ta’sirida koagulyatsiyalanishi. 
 mmol/l 
Koagulyatsiya
Elektroforez vaqtida zolning 
harakati 
0,0208 
Sodir boʻlmaydi
Anodga tomon
0,0577 
Sodir boʻlmaydi 
Anodga tomon 
0,0833 
Toʻliq koagulyatsiya 
Harakat kuzatilmaydi 
0,2222 
Toʻliq koagulyatsiya 
Harakat kuzatilmaydi 
0,3333 
Sodir boʻlmaydi 
Katodga tomon 
6,6670 
Sodir boʻlmaydi 
Katodga tomon 
16,3300 
Toʻliq koagulyatsiya 
Harakat kuzatilmaydi 
Demak, 15-jadvaldan koʻrinadiki, manfiy zaryadli platina zoli 
qoʻshib 
borilsa, platina zolining zaryadi kamayib, u koagulyatsiyalanadi. Qoʻshilayotgan 
ning miqdori ortib borishi bilan platinaning kolloid zarrachalari qayta 
musbat zaryadlanadi va u koagulyatsiyalanmaydi.
Bunda granulalar ortiqcha adsorblangan elektrolitning ionlari zaryadiga ega 
boʻlib, qaytadan barqaror kolloid eritma holiga keladi. Qoʻshilayotgan katta 
zaryadli ionlari boʻlgan elektrolit konsentratsiyasi ortib borishi bilan dastavval 
koagulyatsiya sodir boʻladi. Konsentratsiyaning yanada ortishi bilan kolloidning 
barqaror sohasiga almashinadi. Yana elektrolit qoʻshish davom ettirilsa, kolloid 
eritma qaytadan koagulyatsiyalanadi. Bunda dzeta-potensialning zaryad ishorasi 
oʻzgaradi. Bu hodisa zolning qayta zaryadlanishi deyiladi. Zolga qoʻshiladigan 
elektrolit konsentratsiyasi oshirib borilganda koagulyatsiya sodir boʻlishi bilan 
boʻlmasligining almashinib kelishi koagulyatsiya sohalari yoki notoʻgʻri qatorlar 
deyiladi. 


165 
Agar 17-jadvalda keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanib, notoʻgʻri qatorlar 
grafigi tuzilsa, u 84-rasmdagi koʻrinishga ega boʻladi. Modda kolloid holatga 
oʻtganida uning sirti juda ortib ketishi haqida yuqorida aytib oʻtildi. Shuning uchun 
kolloid eritmalarda dispers faza bilan dispersion muhit oʻrtasida chegara sirtning 
potensial energiyasi katta boʻladi. Erkin energiya minimumga intiladi, degan 
tamoyil (prinsip) ga muvofiq, kolloid eritma fazalar oʻrtasidagi sirt energiyani 
kamaytirishga intiladi.

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling