Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-§. KOAGULYATSIYA. KOAGULYATSIYA MEXANIZMI VA
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 83-rasm.Kolloid zarrachalarining koagulyatsiyasi
15-§. KOAGULYATSIYA. KOAGULYATSIYA MEXANIZMI VA
TEZLIGI. 15.1-§. Koagulyatsiya mexanizmi. Koagulyatsiya mexanizmi. Gidrofob kolloidlar izoelektrik holatda, ya‘ni elektroneytral holatda eng katta tezlik bilan koagulyatsiyalanadi. Quyida ikki zaryadli elektrolit anionlarining musbat zaryadli kolloid zarrachalarining koagulyatsiyalanishi koʻrsatilgan (83-rasm). 163 83-rasm.Kolloid zarrachalarining koagulyatsiyasi: a) zarrachaning zaryadlanishi; b) zaryadlangan zarrachaning oʻzaro ta‘siri . Diffuziya qavatdagi manfiy ionlar elektrolit ta‘siridan adsorbsion qavatga oʻtadi va kolloid zarracha zaryadsizlanadi. Elektrolitning kontsentratsiyasi qancha yuqori va koagulyatsiyalovchi ionning zaryadi qancha katta boʻlsa, diffuzion qavat shuncha koʻp siqiladi va koagulyatsiya tezroq boradi. Bundan tashqari, bir vaqtning oʻzida kolloid zarracha sirtida, elektrolitning granula zaryadiga qarama- qarshi ionlarini ham, tanlab adsorbsiyalash hodisasi roʻy beradi. Ionning zaryadi qancha yuqori boʻlsa, uning adsorblanishi shuncha tez boradi. Koagulyatsiya vaqtida ion-almashinish adsorbsiyasi ham sodir boʻladi. Bunda zolga qoʻshilayotgan elektrolitning ionlari adsorbsion qavatdagi qarshi ionlar bilan oʻrin almashinadi. Ionlarning adsorbsion qavatda yigʻilishi va adsorbsion qavatdagi qarshi ionlarning bir xil zaryadli va yuqori valentli elektrolit ionlari bilan ion almashinishi dzeta-potensialni kamaytiradi. Katta zaryadli ionlarning kolloid eritmaga qoʻshilishi natijasida granula elektroneytralgina boʻlib qolmasdan, qayta zaryadlanishi ham mumkin. Bu hodisaga platina zolining temir(III)-xlorid ta‘siridan koagulyatsiyalanishi misol boʻla oladi (17-jadval). Platina gidrozoli manfiy zaryadli, uning tuzilishi quyidagicha tasvirlanadi: { } Ana shu zolga temir (III)-xlorid eritmasidan qoʻshib boriladi. Agar qoʻshilgan elektrolitning konsentratsiyasi 0,0833 mmol/l dan kam boʻlsa, zolda koagulyatsiya boʻlmaydi, u manfiy zaryadligicha qoladi (mmol/l -bir litr eritmada necha millimol borligini koʻrsatadi). Agar qoʻshilgan elektrolitning konsentratsiyasi 0,0833 mmol/l da va bundan bir necha marta oshiq boʻlsa (masalan, 0,2222 mmol/l boʻlsa), platina zoli batamom koagulyatsiyalanadi. Agar qoʻshilgan elektrolitning konsentratsiyasi undan ham oshiq masalan, 0,3333 mmol/l va 6,667 mol/l boʻlsa, zolda koagulyatsiya umuman sodir boʻlmaydi. Bunda zol musbat zaryadli boʻlib qoladi, chunki koagulyatsiya chegarasidan ortiq miqdorda qoʻshilgan musbat zaryadli ionlari kolloid zarracha sirtida adsorblanadi. 164 Temir ionlari uch valentli boʻlganligi uchun adsorbsiya juda tez sodir boʻladi. Natijada platina zolinng zarrachalari musbat zaryadga ega boʻlib qoladi. Endi zol zarrachasining tuzilishini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: { } bu yerda, m, n va g ma‘lum sonlar. Agar qoʻshilgan FeCl 3 ning konsentratsiyasi 16,3300 mmol/l ga yetsa, zol yana koagulyatsiyalanadi va elektr maydonining hech qaysi qutbiga tomon harakat qilmaydi, bu holda koagulyatsiya manfiy zaryadli ionlar ta‘siri natijasida vujudga keladi. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling