Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
-rasm. Ochiq va yopiq koagulyatsiya
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
89-rasm. Ochiq va yopiq koagulyatsiya
Koagulyatsiya sodir boʻlganligini bevosita koʻrish mumkin boʻlsa, u ochiq koagulyatsiya, koʻrish mumkin boʻlmasa, yashirin(yopiq) koagulyatsiya deyiladi (89-rasm). Ochiq koagulyatsiya boʻlishi uchun elektrolit konsentratsiyasi koagulyatsiyalanish konsentratsiyasi (koagulyatsiya chegarasi) qiymatidan ortiq boʻlishi kerak. Kolloid eritmaning loyqalanishi, keyinchalik choʻkmaga tushishi va zol rangini oʻzgarishi koagulyatsiya sodir boʻlganini bildiradi. Agar kolloid eritmaga har qanday elektrolitdan etarli miqdorda qoʻshilsa, koagulyatsiya sodir boʻladi. Koagulyastiyaga oid hodisalar tabiatda juda keng tarqalgan va ularning turmushda, hayotda ahamiyati kattadir. Masalan, qand ishlab chiqarish sanoatida qand lavlagining sharbatini tozalashda koagulyatsiya jarayonidan keng foydalaniladi. Koagulyatsiyaning qoʻllanilishiga yana bir misol tuproqning hosil boʻlishidir, ya‘ni tuproq juda murakkab kolloid sistema deb qaraladi. Tuproq zarrachalarining katta-kichikligi, ularning shakli, tuproqda har xil mineral 177 moddalarning erishi ularning miqdori va tabiati tuproqning yutish qobiliyatiga buning natijasida uning unumdorligiga katta ta‘sir koʻrsatadi. Masalan, tuproq togʻ jinslarining nurashi, yuvilishi, gidrolizlanishi kabi hodisalar natijasida hosil boʻladi. Bunday jarayonlar oqibatida kabi suvda erimaydigan oksidlar, ularning gidroksidlari va tarkibida metall boʻlgan ( hamda ) eruvchan oksidlar hosil boʻladi. Tuproqdagi suvda erimaydigan tarkibiy qismlarning gidrolizlanishi va ular orasida sodir boʻladigan uzoq muddat davom etadigan oʻzaro koagulyatsiya jarayonlari tufayli strukturalangan koagulyantlar, ya‘ni oʻz xossalari bilan koagellarga yaqin gellar (iviq moddalar) hosil boʻladi. Ana shunday har xil kolloid-kimyoviy jarayonlarni uzoq vaqt davomida sodir boʻlishi xilma-xil tuproqlar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Xuddi shunday, balchiqlarning paydo boʻlishi ham koagulyatsiya jarayonining natijasidir. Koʻp daryolarning quyilish joylarida balchiqlar hosil boʻladi. Daryolarning suvida juda koʻp organik gumin moddalar boʻladi, ular minerallardan kelib chiqqan zarralarni daryo tubiga choʻkib ketishidan saqlab turadi. Shu sababli ham suv ancha loyqa koʻrinishda boʻladi. Agar shu suv dengiz suvi bilan uchrashsa dengizning shoʻr suvi tarkibidagi tuz ionlari ta‘siridan koagulyatsiya sodir boʻladi. Natijada ekin uchun juda zarur unumdor tuproq hosil boʻladi. Katta daryolarning (Nil, Missisipi, Volga, Don, Dnepr, Amudaryo, Sirdaryo, Dunay) quyilish joylarida ana shu tarzda unumli tuproqlar hosil boʻlgan deyish mumkin. Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling