189
Mitsella hosil boʻlishining kritik konsentratsiyasi juda katta ahamiyatga ega
boʻlib, uning qiymatiga qarab eritmaning xossalari oʻzgarib boraveradi. MHBK ga
har xil omil (faktor)lar ta‘sir qiladi. Masalan, sirt-faol
moddaning molekulyar
massasi oshishi bilan MHBK qiymati kamayib boradi va sirt-faollikka teskari
proporsional boʻladi. Sirt-faol moddaning molekulyar
massasi bitta gomolog
qatorga
ga oshsa, Dyuklo-Traube qoidasiga boʻysunadi, ya‘ni:
Sirt-faol moddalarning eritmalariga noorganik tuzlarni qoʻshish yoʻli bilan
MHBK ni oʻzgartirish mumkin. Ionogen sirt-faol
moddalarning eritmalariga
noorganik tuzlarning qoʻshilishi MHBK ni keskin pasaytiradi. Pasayish darajasi
qoʻshilgan noorganik tuzlarning gidratlanish qobiliyatiga
qarab quyidagi qatorni
hosil qiladi:
Noionogen sirt-faol moddalar uchun qoʻshilayotgan noorganik tuzlarning
ta‘siri kamroq boʻladi.
Koʻpgina organik moddalar ham MHBK ga ta‘sir qiladi.
Yuqori molekulyar
tuzilishga ega boʻlgan organik moddalar MHBK ini kamaytiradi, quyi molekulalar
(sirt-faol moddalar) erituvchi muhitini kuchaytirishi natijasida MHBK ni oshiradi.
Uzun zanjirli spirtlar MHBK ni kamaytiradi.
MHBK ni topish uchun konsentratsiya o‗zgarishiga bog‗liq bo‗lgan istalgan
parametr (xossa) grafigi chiziladi (95-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: