186
(lipofil termini lipos – yogʻ soʻzidan kelib chiqqan). 1949
yil Grifin sirt-faol
moddalarni tanlash uchun
yarim empirik qoida ni, ya‘ni GLB – gidrofil-lipofil
balans degan kattalikdan foydalanishni taklif qilgan. Unga asosan har qanday sirt-
faol moddada gidrofil va gidrofob qismlari о‗rtasida ma‘lum bir nisbat mavjud.
Ana shu nisbat (yoki
GLB soni) sirt-faol moddaning qaysi maqsadda qо‗llanishini
belgilaydi.
Sirt-faol moddaning GLB soni modda tarkibidagi
qutbli guruhning gidrofil
xossalari bilan uglevodorod radikallarining lipofil xossalari orasidagi nisbatni
xarakterlaydi va quyidagi tenglama boʻyicha hisoblanadi:
Bu yerda,
barcha gidrofil
guruhlar uchun GLB lar soni,
barcha gidrofob (lipofil) guruhlar uchun GLB lar yigʻindisi. GLB
sonini aniqlash uchun sirt-faol moddalarning mitsellalar hosil qilish xususiyatidan
va ularning emulsiyalarni barqarorlash xossalaridan foydalaniladi.
Gidrofil-lipofil balansning asl ma‘nosi shuki, har qanday sirt-faol moddaning
molekulasida ma‘lum nisbatda, ya‘ni balansda gidrofil
va gidrofob guruhlari
boʻladi. Shu nisbatga qarab bunday sirt-faol moddalarni qaysi sohada ishlatish
mumkinligini aniqlab olish mumkin (20-jadval).
20-jadval.
Atom guruhlarining guruh sonlari.
Gidrofil guruhlar
Guruh soni
Gidrofob(lipofob)
guruhlar
Guruh soni
-
38,7
С
- 0,475
-
19,1
С
- 0,475
С Н
2,1
С
- 0,47
Н
1,9
СН
СН
- 0,15
GLB - ning guruh soniga qarab sirt-faol moddalarning
qaerda ishlatish
mumkinligini aniqlash mumkin. Sirt-faol moddalar juda kо‗p sohalarda ishlatiladi.
Farmatsiyada dori dispers sistemalar uchun dispergator,
stabilizator sifatida,
rudalarni boyitishda flotoreagentlar sifatida, yuvuvchi
va dezinfeksiyalovchi
moddalar sifatida qо‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: