Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova
Download 5.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Kolloid kimyo
Tayanch tushuncha va iboralar
187 musbat adsorbsiya, manfiy adsorbsiya, sirt-faol moddalar, sirt-nofaol moddalar, sirt befarq moddalar, ―sirt-faollik‖, ―ortiqcha miqdor‖ yoki ―Gibbs adsorbsiyasi‖, gidrofil guruh, gidrofob guruh, kation sirt-faol moddalar, anion sirt-faol moddalar, amfоlit (amfoter) sirt-faol moddalar, noionogen sirt- faol moddalar, sirt-faol moddalarning muhim xarakteristikasi. 18-§. KОLLОID SIRT-FAOL MОDDA MITSELLALARINING TUZILISHI VA AHAMIYATI 18.1-§. Sirt-faol moddalarning mitsellyar eritmalari. Mitsellaning hosil boʻlish konsentratsiyasi. Mitsella hosil boʻlishi. Koʻp sirt-faol moddalar, masalan sovun, yuvishda ishlatiladigan moddalar (detergentlar), tannidlar (oshlovchi moddalar) boʻyoq moddalar, alkoloidlar - chin eritma hosil qiladigan moddalar boʻlib, ba‘zi paytlarda mitsellyar kolloid eritma ham hosil qilishlari mumkin. Sirt-faol moddani juda koʻp suyultirsak u eritmada molekula yoki ion holida boʻlib, uning eritmasi chin eritma boʻladi. Sirt-faol moddaning konsentratsiyasini oshirgan sari uning difil molekulalari yoki ionlari bir-biri bilan birlashib, assotsiatlar yoki agregatlar hosil qiladi, buni mitsellalar hosil boʻlishi deb ataladi. Eritmalarda mitsellalarni hosil boʻlishi molekulaning difilligiga bogʻliq boʻlib, mitsella hosil boʻlishi uchun molekula zanjirida kamida 4-5 uglerod atomi boʻlishi shart. Suvsiz (qutbsiz) eritmalarda esa molekulani agressiyaga uchratib mitsellani hosil qilishda qutbsiz guruhlarning bir-biriga ta‘siri asosiy funksiyani bajaradi. Bunda teskari mitsellalar hosil boʻladi, natijada sirt-faol modda molekulalarining gidrofob qismlari erituvchiga qaragan boʻladi Masalan, qutbsiz qattiq jism (koʻmir, parafin, qurum) bilan suyuqlik (suv)ning chegara sirtida adsorbsion qatlamning orientatsiyalanishi qutbli gidrofil qismi tomonidan boʻladi. Sirt-faol moddalarning adsorbsion qavati qattiq sirtni erkinlashtiradi va unga qutblilik xossasini beradi. Bunda fazalar qutbliligi tenglashadi, ya‘ni qutbsiz-qutbli chegara qismida qutbli-qutbli qism hosil boʻladi (94-rasm). Ikkinchi holatda qutbli gidrofil sirt (qum, boʻr, tuproq) bilan qutbsiz suyuqlik (benzol) ta‘sirlashadi. Bunda sirt-faol modda molekulalari qutbli qismi bilan qutbli 188 qattiq jismning sirt yuzasida orientatsiyalanadi. Sirt-faol moddaning qutbsiz qismi bilan qutbsiz suyuqlik (benzol) ta‘sirlashadi Download 5.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling