Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-rasm.Liofob kolloidlarning oʻzaro koagulyatsiyasi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

87-rasm.Liofob kolloidlarning oʻzaro koagulyatsiyasi. 
Ichiladigan suvni tozalash uchun kolloidlarning oʻzaro koagulyatsiyalanish 
jarayonidan foydalaniladi. Suvdagi organik moddalar manfiy zaryadli boʻladi. 
Suvga xlor qoʻshilib, bakteriyalar oʻldirilgandan keyin, suvga oz miqdorda 
alyuminiy sulfat qoʻshiladi va natijada alyuminiy sulfat tuzi gidrolizlanadi. Hosil 
boʻlgan gidroksidning musbat zaryadli kolloidlari suvdagi organik moddalarning 
manfiy zaryadli kolloidlarini koagulyatsiyalaydi.
 
Masalan, suvdagi, koʻpincha, manfiy zaryadli kolloid zarrachalar 
qoʻshishdan 
hosil 
boʻladigan 
musbat 
zaryadli 
bilan 
oʻzaro 


173 
koagulyatsiyalanadi. Natijada hosil boʻlgan koagulyatlar choʻkadi, suv esa tiniydi, 
ya‘ni filtrlanib, tozalanadi. 
16.2-§. Koagulyatsiyaga doir muhim qoidalar. 
Shuls-Gardi qoidasi. Kolloid sistemalarda dispers fazaning solishtirma sirti 
katta boʻlganligi sababli erkin energiya ham katta boʻladi. Shuning uchun kolloid 
sistemalar termodinamik jihatdan barqaror boʻla olmaydi. Kolloid zarrachalar bilan 
suyuqlik orasidagi chegara sirt kamaygandagina kolloid sistemada erkin sirt 
energiya minimumga erisha oladi.
Agar dispers faza bilan dispersion muhit orasida oʻzaro kuchsiz ta‘sir mavjud 
boʻlsa kolloid sistemalar barqaror boʻlib, vaqt oʻtishi bilan ularning disperslik 
darajasi oʻzgaradi, ya‘ni zarrachalar yiriklashadi. Yiriklashish tezligi kolloid 
sistemalarda har xil boʻladi. Masalan, oltin zolining disperslik darajasi 30-40 yilda 
ham oʻzgarmasligi mumkin. Ba‘zan biror modda qoʻshilganda kolloid holatini bir 
necha sekund ichida yoʻqotadigan zollar ham uchrashi mumkin. Liofob zollarda 
disperslik darajasining kamayishi ikki yoʻl bilan borishi mumkin: 

qayta kristallanish natijasida mayda zarralarning yirik zarrachalar bilan 
birikishi ; 

dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashishi. 
Umuman olganda, kolloid sistemalarni koagulyatsiyaga uchratadigan asosiy 
sabablarni ―koagulyatsiya qoidalari‖ deb ataladi: 

Zolga 
ma‘lum 
miqdor 
elektrolit 
qoʻshilganda 
kolloid 
sistemalar 
koagulyatsiyalanadi.

Har qaysi kolloid eritma ―koagulyatsiya chegarasi‖ deb ataladigan miqdordagi 
elektrolit ta‘sirida koagulyatsiyaga uchraydi. 

Koagulyatsiya kolloid sistemaning ―izoelektrik holatiga‖ yaqin sharoitdagi 
holatidan boshlab sodir boʻladi.

Kolloid zarracha ishorasiga qarama-qarshi zaryadli ion koagulyatsiya hosil 
qiluvchi ion hisoblanadi. 

Ionlarning valentligi ortishi bilan koagulyastiya ta‘siri kuchayadi. Bu Shuls-
Gardi qoidasi deb ataladi. 


174 
Shuls va Gardi elektrolit ionining valentligi bilan uning koagulyatsiyalash 
kuchi orasida bogʻliqlik borligini topdilar. Shuls-Gardi qoidasi shunday 
ta‘riflanadi: Koagulyatsiyalovchi ionning valentligi qancha katta boʻlsa, uning 
koagulyatsiyalash kuchi shuncha koʻp va koagulyatsiya uchun kerak boʻladigan 
konsentratsiyasi shuncha kam boʻladi. 
Bir xil ionlar bilan birikkan 





katonlarining manfiy 
kolloidlarni koagulyatsiyalash ta‘siri quyidagi tartibda oʻzgaradi: 






Shuningdek, 
ionlarining musbat kolloidlarini koagulyastiyalash 
ta‘siri (kation bir xil boʻlganida): 
qatorga muvofiq keladi. Bu kabi qatorlar kolloid kimyoda liotrop qatorlar 
deyiladi. 
Elektrolitlarning 
(ionlarning) 
valentligi 
ortishi 
bilan 
koagulyatsiya 
jarayonining kuchayishi yuqori valentli ionlar ta‘sirida kolloid zarrachadagi qoʻsh 
elektr qavatning siqilish effekti ortishi sababli ortadi. 
B.Deryagin zolning koagullanish chegarasi bilan koagullovchi ionning 
valentligi 

orasida bogʻlanish mavjudligini koʻrsatuvchi tenglamani 
quyidagicha ifodaladi:
6
5
2
z
T
A



Bunda, A - umumiy konstanta, 

- dielektrik konstanta; T - absolyut temperatura, 
z-koagullovchi ion valentligi. Hozirgi paytda elektrolitlar ta‘sirida sodir boʻladigan 
koagulyatsiya fizika, statika, eritmalar nazariyalari va molekulalararo kuchlarga 
asoslangan holda tushuntiriladi. 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling