Oʻzbekistоn respublikasi оliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi r. I. Ismailov, R. M. Davlatov, M. B. Mamatqulova


-jadval.  Oltin gidrozolining NaCl ta’sirida koagulyatsiyalanish tezligi


Download 5.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/183
Sana07.10.2023
Hajmi5.25 Mb.
#1695026
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   183
Bog'liq
Kolloid kimyo

18-jadval. 
Oltin gidrozolining NaCl ta’sirida koagulyatsiyalanish tezligi 
NaCl konsentratsiyasi, 
mmol/L 
Koagulyatsiyalanish davri, 
sekund 
Koagulyatsiyalanish sohasi 

150 
sekin koagulyatsiyalanish 
sohasi 
10 
12 
20 
7.2 
tez koagulyatsiyalanish sohasi 
50 
7.0 


169 
100 
7.0 
300 
7.5 
500 
7.0 
Liоfil zоllar liоfоb zоllarga nisbatan ancha agregativ barqarоrdir. Agar 
gidrоfоb zоl kоagulyatsiyasi uchun juda оz elektrоlit yetarli boʻlsa, u hоlda liоfil 
zоl kоagulyatsiyasi uchun, ya‘ni sоlvat (gidrat) qavatni buzish uchun 1 l ga bir 
necha mоl tartibida boʻlgan elektrоlit zarur boʻladi. Misol tariqasida oltin 
gidrozolining NaCl ta‘sirida koagulyatsiyalanishini koʻrish mumkin (18-jadval). 
18-jadvaldan koʻrinadiki, oltin zolining koagulyatsiyalanish tezligi qoʻshilayotgan 
elektrolitning konsentratsiyasi ma‘lum miqdorga yetguncha tez ortib, keyinchalik 
esa 
konsentratsiyaning 
ortishi 
koagulyatsiya 
tezligiga 
ta‘sir 
etmaydi. 
Koagulyastiya jarayonini har xil yoʻllar bilan tezlatish mumkin. Masalan: 

Kolloid eritmalarga (zolga) har xil elektrolitlar qoʻshib koagulyastiya 
jarayonini tezlatish mumkin. 

Kolloid eritmaga boshqa kolloid qoʻshib koagulyastiyani tezlatish mumkin. 

Kolloid eritmani qizdirish yoʻli bilan koagulyastiya jarayonini tezlatish 
mumkin. Kolloid eritmalar qizdirish, ba‘zan tez koagulyatsiyalanadi, ba‘zan 
qizdirish kam ta‘sir etadi. Umuman, kolloidlar qaynatilganda zolning 
zaryadi kamayadi, eritmada zarracha va ionlar oʻrtasidagi muvozanat 
buziladi. Eritma qizdirilganda kolloid zarrachalar ionlarni yomon 
adsorblaydi, buning natijasida ularning zaryadi kamayadi va bunday 
zarrachalar bir-biri bilan uchrashib, koagulyatsiyalanadi. 
Koagulyatsiya tezligi quyidagi omillarga bog‗liq: 

Zarrachalarni oʻzaro tortishish kuchining ta‘sir etish radiusi va bu radius juda 
kichik, ya‘ni zarracha oʻlchamiga teng va bu qiymat turli kolloidlarda turlicha 
boʻladi. Bu radiusning ortishi bilan koagulyatsiya roʻy beradi. 

Broun harakatining tezligi va bu tezlik ortishi bilan zarrachalarning 
toʻqnashish soni ham ortadi. Broun harakatining tezligi diffuziya tezligiga 
bogʻliq. Shu sababli ham haroratning ortishi koagilyatsiyani tezlashtiradi. 

Kolloid eritmaning konsentratsiyasi ortishi, ya‘ni hajm birligida zarrachalar 
soni qancha koʻp boʻlsa, ularning oʻzaro toʻqnashishlar ehtimolligi ham 
shuncha yuqori boʻladi va bu, oʻz navbatida, koagulyatsiyani tezlashtiradi. 


170 

Elektrolitning konsentratsiyasi, ya‘ni qoʻshilayotgan elektrolitning birinchi 
miqdor (ulush)lari kolloid eritmaning disperslik darajasini oʻzgartirmaydi va 
bunda, 
koagulyatsiya 
tezligi 
nolga 
teng. 
Elektrolit-koagulyatorning 
konsentratsiyasi koagulyatsiya chegarasiga etgandan keyin koagulyatsiya 
tezlashadi va tez orada u ma‘lum qiymatga etadi (86-rasm). 

Download 5.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling